Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari



Yüklə 43,98 Kb.
səhifə1/2
tarix17.12.2022
ölçüsü43,98 Kb.
#121288
  1   2
dokument microsoft word 3

Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari


Mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatiga ko‘ra mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash asos qilinib, u o‘zining tashkiliy-huquqiy asoslari bilan ifodalanadi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi hududlarning potensialidan kelib chiqib o‘zining daromadlari orqali ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini to‘la qoplay olishi, byudjetning yuqori byudjetlardan subvensiya, dotatsiya hamda byudjet ssudalari olmasdan balans berishiga aytiladi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy jihatdan barqarorligining vaqt bo‘yicha 3 xil turga bo‘lib o‘rganish mumkin:

      1. joriy barqarorlik (joriy moliya yili ichida);

      2. o‘rta muddatli barqarorlik (ikki yildan besh yilgacha);

      3. uzoq muddatli barqarorlik ko‘rinishlarida bo‘ladi.

Joriy moliya yilida byudjet balansliligini saqlab qolinganligi, kassa uzulishlarning yo‘qligi, o‘zgaruvchan iqtisodiy konyuktura holatlarida to‘g‘ri moliyaviy qarorlarning qabul qilinganligi - bularning barchasi joriy moliyaviy barqarorlik xususiyati hisoblanadi. O‘rta muddatli moliyaviy barqarorlikning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hududlar o‘zini o‘zi boshqaruv
organlarining kreditga layoqatliligi va investitsiyalash qobiliyatlari ma’lum imkoniyatlari mavjudligidir. Byudjet holatiga ta’sir etuvchi hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining mavjudligi va salbiy faktorlar harakatining qisqarishi – bu mahalliy byudjet moliyaviy barqarorligining uzoq muddatli faktori hisoblanadi.
Mahalliy byudjet organlarining barqaror rivojlanayotgan sharoitida pul fondlarining va risklarning mavjud holatida o‘zining moliyaviy xavfsizligini saqlab qolishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini anglatadi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi majburiy shartlari bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning muvozanatliligi, to‘lovga layoqatliligi, byudjetning mustaqilligi, mahalliy boshqaruv organlari yuqori byudjetdan yordam olmasdan moliyaviy resurslarni byudjetga safarbar qila olish qobiliyati, shuningdek barcha moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirilishi hisoblanadi.
Hududiy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ushbu byudjetlarning moliyaviy holatining eng asosiy xarakteristik jihati hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligida rasmiy “byudjet barqarorligi” tushunchasining mavjud emasligi uni aniqlashning bir qancha metodlari va usullarini ishlab chiqishni taqazo qiladi. Moliya nazariyasi va amaliy moliya faoliyatida moliyaviy barqarorlik doim balanslilik, stabillik va muvozanatlilik tushunchalari bilan tenglashtiriladi. Bizning nazarimizda, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasiga mahalliy boshqaruv organlarininig o‘z funksiya va vazifalarini amalga oshirish va hududdagi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun muhim bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini xarakterlovchi moliyaviy holat sifatida qaraladi. Mahalliy moliya tizimning barqarorligi mahalliy hokimiyat organlarining munitsipal darajadagi o‘z daromadlari manbalariga va maksimal darajada byudjet majburiyatlari xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga zamin yaratadigan hajmda ularni safarbar qilish vakolatlariga ega bo‘lishi orqali ta’minlanadi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligi tushunchasi birinchi bor akademik G.B.Polyak tomonidan taklif etilgan. Olimning fikriga ko‘ra, hududiy
byudjetlarning barqarorlik darajasi minimal byudjet xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmi bilan belgilanadi.


Byudjetlar moliyaviy barqarorligi darajalari
quyidagi formulaga asoslanadi


Xarajatlar summasi(Rm)= o‘z daromadlari miqdori(DS ) + tartibga soluvchi daromadlari miqdori(DR)+ qo‘shimcha manbalar,( zaiflashgan byudjetlarning keskin holatlarida) (Id ).


Bu barqarorlikning 4 turini belgilab beradi



Mutloq barqaror holat
Normal holat
Nobarqaror holat
Krizis holati


Rm
Rm=Ds+Dr
Rm=Ds+Dr+Id
Rm


Ds/D=60-70% Dr/D=40-30% Z/R=10-15%
Ds/D=40-50% Dr/D=50-60% Z/R=20-25%
Ds/D=20-30% Dr/D=70-80% Z/R=30-35%
Ds/D=5-10% Dr/D=90-95% Z/R=40-45%




Yüklə 43,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin