Mahsulotlar xavfsizligini texnik jihatdan tartibga solish


Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#127488
1   2   3
10-11-ma\'ruza

Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
  • texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;
  • texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
  • texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
  • texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.

Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin