MAJBURIY UCHUN ONA TILI 1. Sarkarda jangga sovut-dubulg'asiz, qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo'shini hamisha g'alaba qilarkan.
Gapdagi sintaktik shakl yasovchi bilan omonim bo'la oladigan so'z yasovchi qo'shimcha qaysi gap bo'lagi
tarkibida kelgan?
A) ega B) aniqlovchi
C) hol D) to'ldiruvchi
2. Erkin Vohidov dramaturgiya sohasida ham oz qalamini
sinab, ≪Oltin devor≫, ≪Istanbul fojiasi≫ kabi dramalar
yaratdi.
Gapda belgilangan so'z orqali qaysi ma’no ko'chishi
yuzaga kelyapti?
A) metafora B) metanomiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa
3. Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg'armani selga
berma, elga ber!
Nuqtali vergulning qo'yilish sababini toping.
A) qiyos B) zidlik C) shart D) payt
4. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A) Tadbir har oyning juma kunida o'tkazilishiga ma'muriyat kafolat beradi.
B) Ot soz turkumi atoqli va turdosh otlarga bolinadi.
C) Yomg'irdan keyin bulutlar orasidan quyosh mo'ralab qaraydi.
D) Muxbirimizning xabar berishicha, yurtdoshlarimiz saylovda faol qatnashmoqda
5. Qaysi gapda ega fonetik hodisaga uchragan yasama
so'zga bog'langan?
A) Etibor berganmisiz, gijjak nolasi yiglayotgan odam
ovoziga oxshab ketadi.
B) Uning yuraklarimizga yaqinligi shundandir.
C) Fel-u atvoming zaifligi ezgulig-u illatdan kora ham
nariroq turadi.
D) Inson umrining hisobli ekanini kech anglaydi.
6. Qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan birlik sabab holi vazifasini bajargan?
A) Bu ishni yeng shimarib bajargan Odiljonni otasi maqtab qo'ydi.
B) Shunaqa gaplarni aytadiki, ilon po'st tashlaydi-ya. C) Hafsalasi pir boʻlgan Anvarjon uyga qaytib keldi va kun bo'yi xonasidan chiqmadi.
D) Ikki oyog'ini bir etikka tiqib olgani uchun shu velosipedni olib berdim.
7. Undalmalar haqida berilgan fikrlarning nechtasi
to'g'ri?
1 Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa,
undalmadan song undov belgisi qoyilishi ham mumkin;
2) Undovlar kopincha undalma oldidan qo'llaniladi;
3) Bazan undalmadan song ey, ho, ov, -u (-yu) kabi
undovlar ham ishlatiladi;
4) Undalmalar takror qo'llansa, davat manosi ifodalanadi;
5) O'ziga qarashli aniqlovchi va to'ldiruvchilar bilan
kelgan undalmalar yoyiq undalmalar deyiladi
A) 2 B)3 C)4 D) 5
8. Qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nosi aloqadorlik asosida ko'chgan?
A) Bugun samovarda osh bo'ladi, kechikmay boringlar, yigitlar.
B) Anavi ko'k ko'ylakni yuvib qo'ying, ertaga kiyaman.
C) Maktabimiz qaldirg'ochlari katta hayotga qadam qo'ymoqda.
D) Aylanay, bu gapingiz eshitgan quloqqa yaxshi emas.
9. Lotin alifbosiga asoslangan yangi yozuvga kora qaysi sozda nuqtalar o'rniga tutuq belgisi
qo'yilmaydi?
A) ma...zur, ma...yus B) mone... jome...
C) itfe... 1, in...ikos D) mo'.,jaza, me...yor.
10. Qaysi maqolda aniqlovchi yasama so'z bilan
ifodalangan?
A) Aqlsiz do'stga kular, aqlli dostini suyar.
B) Qarindoshingni yomonlab, qaydan tug'gan toparsan?
C) Issiq kiyim tanni ilitar, issiq so'z jonrn ilitar.
D) Nomardga yalinma, bir baloga chalinma.
11. Qaysi javobda payt bildiruvchi ravishlar qatori berilgan?
A) jimgina, ertadan, buguncha
B) hamisha, allamahal, noiloj
C) ertalab, bafurja, majburan
D) har gal, allamahal, hanuz.
12. Qaysi gapda vergul bog'lovchisiz qo'shma gaplar
orasida qo'llangan emas?
A) Bilim - kuchda, kuch - bilimda.
B) Ilm - yorug'lik, jaholat - zulmat.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
D) Yo biz boraylik, yo siz keling.
13. Bir umr ezgulikni izlab, kо'cha changitmay, boshqalarga
ma'rifat-u ma'naviyat ulashayotgan insonlarning hayot
yo’llari ibratli bo'lishini doim ham eslayvermaymiz-ku!
Gapda asosi shakldosh bo'lgan yasama so'zlar necha
o'rinda qo'llangan?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 2
14. To'g'ri yozilgan so'zlar qatorini toping.
A) hatar, marifat B) taxsimot, mayus
C) xalol, bepayon D) ostona, rahmdil
15. Koinotdagi barcha hodisa muayyan va ma'lum qonunga
bo'ysunadi.
Gapdagi sifat+ot tipidagi so'z birikmalari sonini toping.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
16.Qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan so'z aniqlovchi vazifasini bajargan?
A) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat.
B) U eski ko'ylagining tugmasini olib, o'zini tashlab yubordi.
C) Yuzaki o'ylagan odam yutqazadi.
D) Bolalar yangi uyda o'ynayotgan edilar
17. Qaysi javobda sinekdoxa usulida mano ko'chishi berilmagan?
A) Besh qolini ogziga tiqmoq.
B) Besh qol barobar emas.
C) Oyogim qirq bir, egnim ellik sakkiz.
D) Keling, mehmon, eshikka kiraylik.
18. Qaysi gapda uyushgan bolakning biri shaxs oti,
biri shaxs nomi bilan ifodalangan vositali to'ldiruvchi
berilgan?
A) Xatni uning o'ziga, Muqaddasga bering.
B) Men uni va Kamolni zudlik bilan chaqirdim.
C) Qizlar goh Saiddan, goh ukasidan gapirib o'tirishdi.
D) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazni, so'ng otasini chaqirdi.
19. Kumushning raqobati biroz tushgan edi, uch-to'rt kunlik mojarodan yaxshig'ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingi sozi va so'nggi yelpitish fojialari ham hasrat qolipiga
birma bir kirib chiqdi. Hasrat bir ondan song Otabekning yuzidagi boyagi yarim jiddiylik ketib, uning о'rnini
о‘ychanlik oldi. Ul shu payt anchagina so’zsiz qoldi
va oxirida о‘zidan natija kutib о‘ltirg'uvchi Kumushga
qarab, kulib qo’ydi.
Parchada ravishlar soni nechta?
A) 10 B) 11 C)7 D)5
20. ...Sharq olamida, jumladan, o'zimizning O'rta Osiyo
sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi g'oyat muhim
ahamiyat kasb etadi va odamlami bir-biriga
yaqinlashtirishga, bir-birini qo'llab-quvvatlab hayot
kechirishga zamin tug'diradi.
Gapdagi yasama so'zlarning yasalish asosi qaysi so'z
turkumi bilan ifodalangan?
A) ot, fe’l, sifat B) sifat, ot
C) ot, fe’l, ravish D) ot, fe’l
.
.