Fuqarolik huquqlari va burchlarini keltirib chiqaradigan holatlar maj-buriyatga oid huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradigan asoslar bo`lib, ular FKning 8-moddasida ko`rsatilgan. FKning 234-moddasida normalanganidek, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqad
Ma`lumki, FKning deyarli barcha me`yorlari shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishga qaratilgan. Bu huquqiy nor-malar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlar jumlasiga mulkni bosh-qa shaxsning egaligiga topshirish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartno-malari)dan, mulkni operativ boshqarish huquqini o`tkazish (mahsulot yetkazib berish shartnomasi)dan, foydalanish huquqini o`tkazish (mulk ijarasi va uy-joy ijarasi, tekin foydalanish to`g`risidagi shartnomalar)dan, biror ishni bajarish yoki xizmat ko`rsatish (pudrat, yuk tashish, topshiriq, vositachilik, sug`urta, transport ekspeditsiyasi shartnomalari)dan va boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar kiradi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida turi tadbirkorlik subyektlari o`rtasida tuzi-ladigan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar alohida aha-miyatga egadir.

Davlat organlarining qonunda fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan hujjatlari ham majbu-riyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hujjatlar turli ko`rinishlarda – davlat buyurtmasi yoki ma`muriy hujjatlar shaklida bo`lishi mumkin.