1) Keng ma’nodagi pul massasi (M2) Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) “Pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish qo‘llanmasi”dagi (PMSShQ 2016) konsepsiya va tasniflarga muvofiq Markaziy bank va boshqa depozit tashkilotlarining (tijorat banklari) majburiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlari asosida hisoblangan. M2 o‘z ichiga muomaladagi naqd pullarni (bank tizimidan tashqaridagi) hamda boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat nomoliyaviy tashkilotlar, xususiy sektor hamda uy xo‘jaliklarining (aholi) milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlarni oladi (PMSShQ 2016 muvofiq pul massasi tarkibiga kiritilmaydigan depozitlardan tashqari).
2) Tor ma'nodagi pul massasi (M1) o’z ichiga muomaladagi naqd pullar va milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlarni oladi.
* O’tgan davrlar uchun ilgari e’lon qilingan ma’lumotlar qayta ko’rib chiqilgan.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: