Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori



Yüklə 103,95 Kb.
səhifə8/9
tarix28.02.2023
ölçüsü103,95 Kb.
#123680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)

ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YAIMni to`liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.

Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo`lishi oqibatida haqiqiy va potentsial YAIM hajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda, jami talabni cheklash zarur.


Y=E
E


E1=C+I+G+Xn
A E E2=E1-ΔE

inflyatsion


uzilish
B

45

Y* Y0 Y


16-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o`rtasidagi inflyatsion uzilish.

Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu erda jami muvozanatli yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo`ladi:


ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o`laroq, bu modelda baholar darajasi va ish haqi o`zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi.


Xulosa
Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat to`liq bandlik sharoitida ro`y beradi, qisqa muddatli buzilishlar esa, bozor mexanizmlari tomonidan, ya`ni baho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartaraf etiladi deb hisoblashishadi.
Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli o`laroq ingliz iqtisodchisi J. Keyns o`zining to`liq bandlik mavjud bo`lmagan sharoitda ham makroiqtisodiy muvozanat ro`y beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda to`liq bandlik faqatgina tasodifiy ro`y beradi deb hisoblaydi.
Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni ta`minlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuqtasida ro`y beradi. Bu modelda tovar zaxiralarining o`zgarishi makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlovchi omil deb qaraladi.
Yalpi daromadlarning avtonom xarajatlar miqdoridagi dastlabki o`sishdan (kamayishi)dan necha marta ortiq o`sishi (kamayishi) multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori iste`molga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan to`gri bog’liqlikka ega..
Makroiqtisodiy muvozanat potentsial YAIM hajmidan kamroq bo`lgan haqiqiy YAIM hajmida o`rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo`lsa inflyatsion uzilish ro`y beradi.


Yüklə 103,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin