Agar daromad (Y) yalpi milliy mahsulot (GNI)ni o‘zida namoyon etsa, u holda sof eksport tovarlar, noomil xizmatlar va chet eldan sof omil daromadlarni (Yf) o‘z ichiga oladi, bu o‘z miqdoriga ko‘ra to‘lov balansiga mos keladi, u holda
GNI = Y = C + I + G + (X - M + Yf )
Jamg‘armalar va investitsiyalar tengligini quyidagicha soddalashtirilgan tarzda chiqarish mumkin. Dastlab unda davlat sektori, demak, soliqlar ham mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotni ko‘rib chiqamiz. U holda
YAIM xarajatlari = Iste’mol + Investitsiyalar
Ta’rifga ko‘ra jamg‘armalarni quyidagicha yozishimiz mumkin, daromad, yoki daromadlar bo‘yicha o‘lchanadigan ya’ni,
YAIM = Jamg‘armalar + Iste’mol
Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari
YAIM xarajatlari va YAIMni ishlab chiqarish natijasida olingan daromadlar teng ekanligi bois, tenglamalarning o‘ng qismlarini tenglashtirgan holda, quyidagiga ega bo‘lamiz:
C + I = S + C, yoki I = S
Bu oddiy ayniyat tahlilga davlat va tashqi iqtisodiy sektorni kiritish bilan murakkablashadi.
Umumiy jamg‘armalar xususiy (Sp), davlat (Sg) va tashqi dunyo jamg‘armalari (Sr)ga bo‘linadi:
S = Sp + Sg + Sr
Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari
Xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfertlar (TR), soliqlar (T) chegirma qilingan holda davlat qarzi bo‘yicha foizlar (N) va iste’mol (S) yig‘indisiga teng:
Sp = (Y + TR + N - T) – S
Davlat jamg‘armalari quyidagicha aniqlanadi:
Sg = (T - TR - N) – G
Davlat jamg‘armalari, agar ular ijobiy bo‘lsa, byudjet ortiqchaligini tashkil qiladi. Agar ular salbiy bo‘lsa, bu byudjet taqchilligi (BD) mavjudligidan dalolat beradi:
BD = - Sg
Tashqi dunyo jamg‘armalari, eng oddiy ta’riflashda, tashqi dunyo bizning eksportimiz xarajatlari (X) chegirma qilingan holda, bizning importimizdan (M) oladigan daromadga teng:
Sr = M - X, yoki Sr = - Xn