O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTAB MENEJMENTI KAFEDRASI MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM YO‘NALISHI 201– GURUH TALABASI Solijonova Maftuna Yusufjonov qizi
“Iqtisodiyot” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Mavzu: Bozor iqtisodiyoti uning vujudga kelishi va rivojlanishi shart-sharoitlari
Ilmiy rahbar: Qurbonov.M
QO‘QON – 2022
MUNDARIJA KIRISH…………..……………………………………………………………3
1-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING VUJUDGA KELISHI, UNING MOHIYATI VA BELGILARI...........................................................................5
1.1 Bozor iqtisodiyotining shakllanish tarixi…….….………….……………….5
1.2. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari..................................…....…..11
2-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING SOTSIAL ADOLAT QOIDALARI...........15
2.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy noaniqlik va iqtisodiy tahlika muammolari………………………………………………………………….…15
2.2. Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti, ularning xususiyatlari va tartibga solish mexanizmi.….......………………………………………………. .…………..19
XULOSA…………………………..………...……………………..……26 ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………..…...…….………………..28 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mеxanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda ta’kidlanganidеk, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi bozor iqtisodiyotining kеlib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mеhnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va istе’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, rеsurslarning erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib bеruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.