Izoxlab yechish. Vagonga faqat qarag’ay xodalar ortilgan deb faraz qilamiz. Bu holda hamma xodalarning og’irligini topish uchun 0,28 t ni 196 ga ko’paytirish kerak bo’ladi;
0,28 · 196 = 54,88 ( t )
hosil qilingan og’irlik masala shartida berilgan og’irlikdan kam. Bu og’irliklarning ayirmasini topamiz;
58,8 – 54,88 = 3,92 ( t )
Bu farq archa xodalarini qarag’ay xodalarga almashtirish natijasida xosil bo’ldi. Bir dona qarag’ay xoda og’irligi bilan bir dona archa xoda og’irligining farqini topamiz:
0,35 - 0,28 = 0,07 ( t )
Har bir archa xodani qarag’ay xodaga almashtirish natijasida biz har bir xodaning og’irligining 0,07 t va umumiy og’irlikni esa 3,92 t kamaytirganimiz uchun, archa xodani soni:
3,92 : 0,07 = 56 ( dona )
Qarag’ay hodalar soni: 196-56=140 (dona).
Yechish quyidagi munosabat orqali amalga oshiriladi:
=56 (archa hoda)
2-masala. Hamma yerning 68 % i shudgor qilindi. Haydalmay qolgan yershudgorlangan maydondan 54 ga kam. Hamma yerning qismiga bug’doy, qolganiga makkajo’xori ekilmoqchi.Necha gektar maydonga makkajo’xori ekiladi?
Shartni tahlil qilish. Masalaning asosiy savoliga javob berish uchun hamma yerning kattaligini bilishimiz kerak. Masala shartida hamma yerning bir qismini ko’rsatuvchi bitta son 54 ga berilgan. Bu son hamma maydonning qanday qismini tashkil etganini bilsak, javob uchun kerakli ma’lumot aniq bo’ladi. 54 ga haydalgan va haydalmagan maydonlarning ayirmasidir. Masalani yechishni xuddi shu ayirmani hamma yening prosenti hisobida aniqlashdan boshlaymiz.
Izohlab yechish:
Hamma maydonni 1 yoki 100 % deb olamiz.
Hamma yerning necha prosenti hali xaydalmagan?
100%-68%=32%
2) Haydalgan va haydalmagan maydonlar ayirmasi prosenti hisobida qancha prosenti bo’ladi?
68%-32%=36%
hamma yerning 36% i 54 ga (shartga ko’ra)
36%=0.36
3) Hamma yer necha gektar bo’ladi
54:0.36=5400:36=150 ( ga)
4) Hamma yerning qanday qismiga makkajo’xori ekilmoqchi?
1- =
5) Hamma yerning necha gektariga makkajo’xori ekilmoqchi?
150 · = =110 (ga)