Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish Reja
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish
Reja:
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.
3. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning
ilmiy asosi.
4.Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari
5. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Kirish.
Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bo‘lgan bolalarda barcha nutq kamponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligiga nisbatan qo‘llaniladi.
«Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.»
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi.
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi.
Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ qo‘nikma rivojlanadi:bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini
Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
- bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang;
- tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring;
- bolangizning lug‘at zahirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering;
- bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaff qilishga o‘rgating.
2. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur. Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi. Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik jihatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emotsional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
- bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
- bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
- quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tushunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
- o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k.);
- jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimosiga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z noroziligini izhor qilish.
Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yoshdagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nisbatan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota-onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni payqaydi; diqqat- e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
- «men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turishga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;
- bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqotda va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy vositalardan foydalanadi. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).
To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga
Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak- atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
- ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;
- ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).
- o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
- nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;
- nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
- ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);
- muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash;
- nutqning asta-sekin boyib borishi
3. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2008 yil 28-sentabrdagi XTV hay’at yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi 4. «Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi
sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatinisaqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-validatsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. «Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi. «Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi. «Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik;
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Yechki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).
- matn mazmunining to‘liqligi;
- matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin.
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning
yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol–javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
3.Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
So‘zlarni tushunishni o’rgatishda bolalarga nafakat ular karab turgan narsalarning va ularning o’zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko’rsatish va ularni kiziktirish zarur. Bu usul «ko’rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi.
Ko’pincha bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so’raydi: «falon narsa kaerda?», birok biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko’rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o’rtasidagi bizga zarur bo’lgan shartli alokani o’rnata olmaydi, o’z-o’zidan u ushbu so’z ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa kaerda» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so’zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda bola ko’zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat kaerdaligini tez-tez so’rab turish lozim. Birok bu o’rinda savol emas, aynan soatni ko’rib va eshitib kabul kilish vaktlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir.
Ammo katta yoshli odamning fakatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga kizikarli kilib ko’llashni ham o’rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutki birmuncha o’ziga xos bo’ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so’zni hadeb bir xil ohangda kaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko’rsatilayotgan narsa bilan bog’lanishi lozim bo’lgan so’zni alohida ohang, so’zdan oldin va so’zdan keyin kiska, birok ahamiyatli bo’lgan pauzalardan foydalanish, uni ko’p marta talaffuz kilish lozim. Ushbu usuldan («ko’rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o’yinchoklar, shaxsiy gigienaga oid narsalar, ovkat yeyish bilan bog’lik buyumlar nomlarini tushunishni o’rgatishi darkor. Bolaga ko’rsatilayotgan narsa kanchalik kizikarli bo’lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko’p tanishishi (ko’l tegizishi, ushlab ko’rishi, ko’lga olishi, kimirlatishi, biron narsaga urib ko’rishi, agarda taom bo’lsa – ta’mini ko’rishi) mumkin.
Gigienik jarayonlarda, kiyinish, ovkatlanish, o’ynash vaktida bolaga so’zlarni tushunishni o’rgatish uchun ko’p imkoniyatlar paydo bo’ladi.
Harakatni anglatuvchi so’zlarni («ko’rsat», «takkilat», «tashla», «karsak chal» va boshk.) tushunishni o’rgatishda bu so’zlarni ushbu harakat bola yoki katta yoshli odam tomonidan amalga oshirilayotgan paytda aytish lozim. Zarur so’zni aytishda bolaning ko’lidan ushlab, tegishli harakatni bajarib ko’rish mumkin. So’zni tushunishni mustahkamlash uchun kichkintoyga «ko’rsat» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani barmog’i bilan ko’rsatishni va «ber» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani olib berishni o’rgatish zarur. Bu usullarni asosan bolalar taniydigan va nomlarini tushuna boshlagan narsalarga nisbatan ko’llash mumkin. Aynan bitta so’zda uzok to’xtalib kolib ketmaslik kerak, balki uning sonini asta-sekin kengaytirib borish, ayni paytda ilgari o’zlashtirilgan so’zlarni ham unutmaslik lozim.
2.Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyobxazinasi bo‘lib doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qatiy nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni oliyjanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq
noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».
Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin». Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma xunardan so‘z xunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. YA’ni, og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik., Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, билган илм, маърифат ва хунардан ҳозир бўлади. Билмаган илм, маърифат ва хунарни билмаган деб даъво қилсанг неч нарса ҳосил бўлмайди ва беҳудазахмат чекасан.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimidagi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi. O‘zbekistondagi rus tilida ta’lim oluvchi maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyati – undagi tarbiyalanuvchilarning ko‘p millatliligi – ko‘proq – turk millati vakillari, eng avvalo o‘zbek bolalarining ko‘pligidir. Shundan kelib chiqqan holda ushbu bolalarga ta’lim berishga nisbatan yondashuv rus tili ular uchun ona tili hisoblangan kichkintoylardan farq qilishi lozim.
L.S.Vыgotskiy o‘z asarlarida ko‘p bor ta’kidlaganidek, «tarbiyaning yo‘naltiruvchi ahamiyati hech qaerda bola nutqi va uning intellektual rivojlanishi taqdiri uchun bolalar aholisining ikki tilliligi yoki ko‘p tilliligi holatidagidek hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Ta’lim rivojlanishdagi yangilik vujudga kelishining manbai hisoblanadi va u doimo rivojlanishdan oldinda yurishi zarur»1.
Shundan kelib chiqqan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish modeli motiv, maqsad, fikr va uning xususiyatlari – avtomatizm, barqarorlik, moslashuvchanlik, mustaqillik kabi nutqiy harakat tamoyillarini hisobga olgan holda jiddiy psixolingvistik poydevor asosida qurilishi lozim.
Bola o‘z ehtiyojlarini, intilishlarini ifoda qilish uchun so‘zlashishni boshlashi zarur. Zero bu ehtiyojlarning qondirilishi bola organizmi, uning rivojlanishi uchun hayotiy muhimdir, lekin u bu ehtiyojlarni uning o‘zi, kattalarning yordamisiz, qondira olmaydi. Muayyan til muhiti ushbu muhitga mos bo‘lgan nutq mexanizmlari faoliyatini rag‘batlantiradi.
Chet tilda so‘zlashni boshlash, ya’ni unda mustaqil fikrlarni tuzish uchun tildan foydalanishning muayyan qoidalarini o‘zlashtirib olish lozim.
Hozirgi zamon sharoitida inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborot hajmining beqiyos darajada ortib borayotganligi ta’lim oldiga yangi talablarni qo‘yadi. Gap qandaydir dalillar, bilimlar va hattoki ko‘nikmalar to‘plami haqida emas, balki ta’lim natijasida bilimni, malaka, ko‘nikmalarni mustaqil egallash va ularni ijodiy ravishda qo‘llay olish qobiliyatlarini hosil qilish to‘g‘risida bormoqda. O‘qishni o‘rgatish – bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng dolzarb vazifadir.
Tilni o‘rganish ushbu til vositalari yordamida o‘zi xohlagan mazmunni uzata olishni anglatadi. Tilni o‘rganishni o‘rgatish ushbu til borliqni aks ettiradigan usullarni izlashni o‘rgatishni anglatadi, ya’ni o‘qishda til materiali bilan tahliliy ishlarga alohida o‘rin ajratilishi va bu ish boshqariladigan bo‘lishi darkor.
O‘zga tilda so‘zlashni boshlash uchun ushbu tilga mos keladigan qobiliyatni shakllantirish, tegishli qoidalar tizimini o‘zlashtirish lozim.
Til qobiliyati faqat nisbatan keng faoliyat doirasidagina, ya’ni predmetli faoliyatda, muloqotdagina rivojlanadi. Bola so‘zlarni o‘zi hoxlagani yoki unga buni majbur qilishayotgani uchungina emas, balki unda bunga keskin hayotiy ehtiyoj mavjud bo‘lgani uchun ham tahlil qilib, esda saqlab qoladi. So‘zni esda saqlab qolmadimi – demak, xohlagan narsaning nomini ayta olmaydi, so‘rashni o‘rganmadimi – demak, unga hech narsa berishmaydi, ko‘plik sonlarni aytishni o‘rganmadimi – demak, unga bir nechta o‘yinchoq o‘rniga faqat bittagina o‘yinchoq berishadi.
Begona tilni o‘rganib olishning psixologik qonuniy yo‘li – bu «nutqning anglab etish va maqsad bilan bog‘liq oliy, murakkab xususiyatlari rivojlanadigan, va faqat keyingina begona nutqdan ixtiyoriy ravishda, erkin foydalanish bilan bog‘liq eng oddiy xususiyatlar paydo bo‘ladigan» yo‘ldir.
Chet tilini o‘zlashtirish qonuniyati o‘zga tilni egallashning umumpsixologik vaziyati – ixtiyoriylik, anglab etganlik va maqsad bilan bog‘liqdir. Bu psixologik vaziyatni inkor etmagan holda, bolani u ona tilini o‘zlashtirish uchun borgan yo‘ldan olib borish zarur.
Yangi bilimlar va harakatlarni o‘zlashtirishni boshqarish konsepsiyasi (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosida ta’lim berilayotgan bolani (o‘quvchini) harakatlarning alohida namunalarini namoyish qilish emas, balki umumlashtirilgan usullari bilan tanishtirish samarali metod hisoblanadi. Bu eng avvalo, shuni anglatadiki, o‘quvchiga u yoki bu til hodisasini shunchaki majburlash, shunchaki qandaydir til mashqlarini bajarishni buyurish, shunchaki «berilgan mavzu asosida suhbatlashish»ni taklif qilish emas, balki bolani (o‘quvchini) tegishli faoliyatga jalb qilgan holda, ushbu faoliyatning motivini kafolatlash lozim.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj har doim muayyan vaziyatda yuzaga keladi. Nutqiy harakat muayyan maqsadda amalga oshiriladi, ya’ni so‘zlayotib, biz suhbatdoshimizga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishni ko‘zlaymiz.
Nutqiy harakat alohida operatsiyalardan, eng avvalo biz istayotgan fikrni bera oladigan so‘zlarni tanlashdan iboratdir. Har qanday til so‘zlari minglab kombinatsiyalarga birlashishi mumkin va so‘zlovchi bu so‘zlarni mazkur fikrni, ya’ni fikr konstruksiyasini berish uchun bir-biri bilan bog‘lash, gap tuzish uchun zarur bo‘lgan grammatik elementlarni (qo‘shimcha, old qo‘shimcha, suffikslar) tanlash imkonini beradigan usulni topishi zarur. Fikr bildirish jarayoni kerakli tovushlarni va ularning birikmalarini talaffuz qilish, fikrlarni kerakli ohangda aytish bilan nihoyasiga etadi.
Fikrni hosil qilish jarayonida ushbu operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. Ammo ularni ham tahlil qilish, ham o‘qitish maqsadlarida ajratish zarur, chunki ulardan birini amalga oshirishni bilmaslik noto‘g‘ri fikr hosil qilishga yoki uni umuman hosil qila olmaslikka olib keladi. Nutqiy faoliyat motivlari va maqsadlari doimo nutqdan tashqarida yotadi; biron narsani aytish istagi, bundan ko‘zlangan maqsad odatda, biron-bir nutqiy faoliyat – o‘yinlar, ta’lim, mehnat va hokazolar doirasidagi muloqotlarda vujudga keladi.
So‘zlar tartibini, ularning fikrdagi bog‘lanishini tanlashdan tashqari «grammatik mashqlar»ni ham bajarish lozim. Rus tilida iltimosni (buyruqni) ifodalash, harakatga undash uchun buyruq mayli f’elining maxsus shakli bo‘lmish – day foydalanidadi. Xushmuomalalik talablari mazkur fe’lni ko‘plik son shaklida qo‘llashni talab qiladi, buning uchun alohida grammatik element zarur – day – te.
Hattoki, eng oddiy fikrni hosil qilish jarayoni ham murakkab va ko‘p bosqichlidir. Boshqa kishi bildirgan fikrni qabul qilish va tushunish jarayoni ham shu tarzda kechadi. Tinglash, tushunish va so‘zlash - aynan bir nutqiy faoliyatning uch turi bo‘lib, ular o‘xshash ichki psixologik tabiatga ega va aynan bir xil sharoitlarni talab qiladi. Fikrni hosil qilish ham va uni qabul qilish ham ichki nutq ishtirokida ro‘y beradi. So‘zlash va nutqni tushunish til tizimini, ya’ni mazkur til muayyan til hodisalarini va borliq munosabatlarini beradigan usullar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Nutqiy ko‘nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, hali uchramagan til birliklariga oson ko‘chib o‘tadi. Bu «Til sezgisi» deb ataladigan va nutqda to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratib olish hamda nutqiy ko‘nikmalarni notanish materialda qo‘llash, uni darhol tahlil qilish, yangilikni til ko‘rinishlarining ma’lum bo‘lgan biron-bir toifasiga o‘tkazish (masalan, yangi so‘zning turini, uning sonini, fe’l turlarini aniqlash va boshq.) imkonini beruvchi hodisadir.
Nutqiy muloqot til birliklarini fikrga aylantirishni nazarda tutadi. Nutqiy muloqotning doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlari bizni hali uchramagan iboralar hamda ularning kombinatsiyalari, majmualar, matnlarni yaratish va qabul qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vaziyatning o‘zgarishi yangi fikrlarning paydo bo‘lishi, demak, uni til vositalari orqali ifodalashni talab qilishi bilan bog‘liqdir. Aynan muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda nutqiy qarorni topa olish qobiliyatini shakllantirish o‘zga tilni o‘rgatishdagi eng qiyin va ayni paytda zarur vazifadir.
Nutqiy faoliyatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari yoshdan qat’iy nazar, chet tiliga o‘qitishning asosiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlarini tashkil qiladi. Bu – so‘z va harakat birligi, nutqni tushunish va uni hosil qilishdagi nutqiy malaka va ko‘nikmalarning tabaqalashuvi; operatsiyalar va harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish; yakka va jamoaviy topshiriqlarni navbatma-navbat berish, vaziyatlilik va ko‘rgazmaviylikka tayanish; motivlilik; maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan o‘rganuvchining katta yoshli odamga – o‘rgatayotgan til egasiga bo‘lgan ijobiy munosabatidir.
Nutqiy funksiyaning qayd etib o‘tilgan xususiyatlari bolalikda bolaning tilni qanchalik engil va oson o‘zlashtirishini belgilab beradi.
Mamlakatimizda va chet el maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zga til sifatida rus tilini o‘qitish borasidagi tajribalari (F.R.Qodirova, 1989; R.M.Qodirova,1990; G.Jumasheva, 1996; L.R.Mirjalolova, 2002; N.SH.Nurmuhamedova, 2004; A.M.SHaxnorovich, 1993; E.YU.Protasova, 1996 va boshq.) shuni ko‘rsatdiki, rus tilining bironta ham konstruksiyasi darhol va to‘liq o‘zlashtirilishi mumkin emas, bu amaliy malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallashning uzoqqa cho‘ziladigan va murakkab jarayonidir: nutq oqimida konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyaga kiruvchi so‘zlar qo‘shilgan munosabatlarnigina tushunish; kerakli so‘z shakllarini hosil qila olish qobiliyati; masalan, mustaqil so‘zlarni (otlarni) olmoshlar bilan, savol bo‘lmagan so‘zlarni so‘roq so‘zlar bilan o‘rnini almashtirish orqali bu konstruksiyalarni o‘zgartira olish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshqa tilni (rus, o‘zbek, ingliz va boshq.) o‘qitish jarayonini yosh xususiyatlarini, ta’limning psixologiya, pedagogikaga oid tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bo‘lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Folklor asarlari, bolalar adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmunning yosh qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlanishiga o‘ziga xos misol bo‘la oladi.
Nutqiy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni (rus, o‘zbek va boshq.) o‘qitish metodikasi uchun zarur bo‘lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
- Ta’limning boshidan boshlab so‘zlash va tushunishning faol jarayoni sifatida bolalarning o‘rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini shakllantirish zarur.
Bu talab shuning uchunki, so‘zlash va tushunish bitta umumiy psixologik asosga – til qobiliyatiga ega (qisman bir-biriga mos keluvchi ichki jarayonlar).
- Ta’lim metodikasi nutqiy harakat tamoyillariga asoslanmog‘i lozim. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday nutq tovushlarini talaffuz qilish ham nutq bo‘lavermaydi (garchi bu yaxlit matnlar bo‘lsa ham). Bolaning o‘rganilayotgan tilda aytayotgan so‘zlari faqat bir qator shart-sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina nutqiy harakat natijasi bo‘ladi: o‘rganuvchida ichki motiv (nima uchun u buni aytishi kerak), maqsad (nima uchun buni aytish lozim, buni aytish natijasida nima ro‘y beradi), fikr (qaysi mazmunni so‘z bilan aytish kerak) bo‘lishi lozim.
- O‘quv jarayonini shunday qurish lozimki, unda bola harakatlari ta’limning har bir daqiqasida haqiqatdan ham nutqiy bo‘lsin.
- Metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish natijasida bolalarda o‘rganilayotgan til materialida ularsiz har qanday, hattoki eng oddiy fikrni ham tuzishning (so‘zlarni tanlash, ularni o‘zgartirish, konstruksiyani tanlash, «grammatik majburiyatlar»ga rioya qilish, ushbu grammatik majburiyatlarga muvofiq holda so‘zlarni o‘zgartirish va boshq.) imkoni bo‘lmagan nutqiy ko‘nikmalar shakllantirilishi mumkin.
Nutqiy ko‘nikma faqat yangi, bola hali uchramagan so‘zlar va nutqiy vaziyatlarga ko‘chirilgan taqdirdagina shakllantirilgan, deb hisoblanishi mumkin.
O‘zga tilni o‘qitishning maktabgacha davrida o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishning dastlabki ko‘nikmalari, nutqiy vaziyatda yo‘nalish topa olish ko‘nikmasi, ushbu vaziyat asosida mazmuni va nutqiy ifodalanishi jihatdan eng oddiy fikrni yaratish ko‘nikmalari hosil qilinishi darkor. Aks holda, ta’lim tayyor ibora va dialoglarni qotib qolgan va shuning uchun sun’iy bo‘lgan vaziyatlarda yod olishdan iborat bo‘lib qoladi va bunda bola o‘rganilayotgan tilda real muloqot qilish sharoitlarida ilojsiz bo‘lib qoladi.
F.R.Qodirova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda nutqli vazifalar qo‘yilgan ijodiy o‘yinli mashqlar asosida bolalarning o‘zga (rus, o‘zbek) tilni bilish darajasi keltirilgan. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (katta guruh) bilan uchta leksik mavzu, ya’ni: «O‘yinchoqlar», «Hayvonlar» (uy va yovvoyi hayvonlar), «Gullar» (jami 7 ta mashq) bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabga tayyorlash guruhi) bilan quyidagi uchta leksik mavzu, ya’ni «Bizning uyimiz», «Bayramlar va dam olish», «Yil fasllari» mavzulari bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi.
Bolalar nutqini tadqiq etish chog‘ida maktabgacha yoshda so‘z ustida ishlashni bolalar nutqi tuzilmasini rivojlantirishning muhim sharti, deb hisoblaydigan O.S.Ushakova va E.M.Strunina (semantik metod) metodikalaridan foydalanildi. Mazkur ish ular tomonidan boshqa nutqiy vazifalarni hal etish bilan o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. So‘zni erkin egallash, uning mazmunini tushunish, so‘zni qo‘llashning aniqligi grammatik tuzumni, tovushli nutqni o‘zlashtirishning, shuningdek, ravon fikrni mustaqil tuza olish qobiliyatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi.
Xulosa
O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.
Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar».
Dostları ilə paylaş: |