«Nutq normasi» deganda, nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo‘ladi.
Nutq kamchiliklari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati zaiflashuviga bog‘liq holda til me’yorlaridan chetlashuvi bilan belgilanadi.
Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir
Logopediya fanining maqsadi: nutq kamchiligini o‘rganish, bartaraf etish va oldini olish.
Logopediya fanining ob’ekti: nutq kamchiligiga ega bo‘lgan shaxs.
Logopediya fanining vazifalari:
1. Nutq kamchiliklarini aniqlash, saralash, logopedik
ko‘rikdan o‘tkazish;
2. Nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash;
3. Nutq kamchiliklarini logopedik ko‘rikdan o‘tkazish metodlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
4. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodlari va vositalarini ishlab chiqish;
5. Nutq kamchiliklarini tartibga solish;
6.Nutq kamchiliklarining oldini olish metodlarini takomillashtirish;
7. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish;
8. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliy logopediyaga kiritish.
Dostları ilə paylaş: |