XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
_______________________
Xalqaro Nordik universiteti rektori
Sh.Mustafakulov
2023-yil __-____________
|
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
FAN SILLABUSI
Bilim sohalari:
|
100000
|
–
|
Ta’lim
|
Ta’lim sohalari:
|
110000
|
–
|
Ta’lim
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
60110200
|
–
|
Maktabgacha ta’lim
|
Toshkent – 2023
FANNING O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
Akademik
daraja
|
Bakalavr (sirtqi)
|
Ta’lim yo‘nalishi
|
Maktabgacha ta’lim
|
Fan kodi
|
PrePed M 104
|
Modul
|
2 –semestr
|
Fan nomi
|
Maktabgacha pedagogika
|
Modulning davomiyligi
|
16 hafta
|
Kredit hajmi
(1 kredit=30soat)
|
ECTS: 4
|
Tayyorladi
|
………………………..
|
Ajratilgan soat
hajmi
|
120
|
Sana
|
2023-yil
|
22
(aud)
|
2
(naz)
|
96
(mus)
|
O‘qituvchining qabul vaqti
|
Juma 12:00-13:00
|
FANNING MAQSADI
Fanning maqsadi va vazifasi talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turlari bilan tanishish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari, ularni tashkil etish va rahbarlik qilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga ko‘maklashadi.
Fan quyidagi bilimlarni o‘rganish imkonini beradi:
O‘yin – bola faoliyatining asosiy turi;
Bolalarning maktabda o‘qishga tayyorgarligi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish;
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish.
FAN BO‘YICHA TALABANING BILIMI, KO‘NIKMASI VA
MALAKASIGA QO‘YILGAN TALABLAR
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turlariga oid ma’lumotlarni tahlil qilish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish oid bilimlardan amaliy faoliyatda foydalanish;
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tahliliga oid ma’lumotlarni yozma, raqamli, jadval ko‘rinishida tahlil qilish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga oid bilimlarni samarali qo‘llash;
Pedagogik vaziyatlarda duch kelinadigan muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qila olishlari lozim.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini baholash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishga oid mezonlarni tahlil qilish; Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarishni baholash;
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
Fanga ajratilgan soatlar. Fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi 120 soat bo‘lib, auditoriya soati uchun 24 soat, mustaqil ta’lim uchun 96 soatni tashkil etadi. Auditoriyada jami 24 soat fan mavzulari o‘qitiladi va oraliq, yakuniy imtihonlar uchun 2 soatdan vaqt ajratilgan.
FAN BO‘YICHA MASHG‘ULOTLAR REJASI
Dostları ilə paylaş: |