"Konstitutsiya saboqlari"ni o'rgatishning asosiy maqsadi
"Konstitutsiya saboqlari"ni o'rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu kafolatlar asosida bolalarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog'liqlikda anglab olishlariga erishishdir. "Konstitutsiya saboqlari" mashg'ulotlarida Konstitutsiyaning quyida-gi moddalarini o'rganishga alohida e'tibor qaratiladi:
1-modda. O'zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning "O'zbekiston Respublikasi" va "O'zbekiston" degan nomlari bir ma'noni anglatadi. Mazkur moddani o'rganish jarayonida bolalarda quyidagi bilim va ko'nikmalar tarkib toptiriladi: o'zining tug'ilib o'sgan joyini bi-lish; Ona-Vatanga nisbatan muhabbat uyg'otish; oila a'zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil, qon-qarindoshga bo'lgan hurmat hissi; xalqi, urf-odatlari, tarixiy joylarni bilish; milliy bayramlar: Mustaqillik kuni, hoti-ra va qadrlash kuni, Navro'z, Hayit bayramlari haqida tushunchaga ega bo'lish; ma'naviy merosni asrash zarurligi.
4-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishi uchun sharoit yaratadi. Ushbu moddani o'rganish jarayonida bolalarda o'zbek xalqi va davlat tilini hurmatlash; O'zbekiston Respublikasi xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmatlash; o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining bayram qilinishiga doir tushuncha va tasavvurlar shakllanadi.