“maktabgacha ta’lim mеtоdikasi” kafеdrasi "Maktabgacha pedogogika" fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139018
1   2   3
Abdullayeva Z

HUQUQIY ONG

  • Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, u jamiyat taraq-qiyotining ma' lum bosqichida - davlat, mulk va mulkiy munosabatlarning paydo bo'lishi, aholining keskin sur'atda tabaqalashuvi, huquq, huquqiy munosabatlartushunchalariningpaydobo'lishjarayonidaulargayondosh tushuncha sifatida qoilanilgan hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tashkil etish chog'ida ko'zga tashlanadi. Huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgi-lanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e'tiqodlar tizimi bo'lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.

HUQUQIY FAOLIYAT

  • Huquqiy faoliyat huquqiy me'yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat'iy va og'ishmay amal qilish, qonunlarni hur-mat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e'tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo'nal-tirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyi-dagilar e'tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savod-xonlik, huquqiy tafakkurhuquqiy faollik, huquqiy mas'ullik, huquqiy e'tiqod, huquqiy salohiyat.
  • Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lo­zim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'­lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'-naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'-risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengay-tirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999-o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab, har bir ta'lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy vazifasi tarbiyalanuv-chilarda huquqqa doir sodda tushunchalarni tarkib toptirishdir. Ana shu maqsadda mashg'ulotlar jarayonida "Konstitutsiya saboqlari"ni amalga oshirish yo'lga qo'yilgan. Ma'lumki, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo'lib, har bir mamlakatning qiyofasjva nufuzini belgilaydi. Shu xususiyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mamlakatimizni dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya to' g' risida so' z aytilganda uni nafaqat xalqaro munosabatlarda davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy huquqiy manba ekanligini alohida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyamizning har bir moddasini o'qib kuzatar ekanmiz, unda, eng awalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ulaming amalga oshishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilganligining guvohi bo'lamiz. Uning milliy qonunchiligimizning o'ziga xos yutug' sifatida ko'pgina xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e'tirof etilganligi fikrimizning tasdig'idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi O'zbekiston xalqining tarixidatub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalardan biri mamlakatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to'la kafolatlashdir.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin