Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati kirish



Yüklə 32,94 Kb.
səhifə5/6
tarix24.10.2022
ölçüsü32,94 Kb.
#118556
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o’yinchoqlar-fayllar.org

Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi. (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.
To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni
silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.
Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.
XULOSA.

Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6-7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi.


Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma-bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang'ich bilimlarni uzluksiz o'stirib borish muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o'yinlar bilan shug'ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va
ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin – o'qish, o'yin –
mehnat, o'yin – jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga:
sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to'la ta'sir etadi. Bolalarga badiiy-ijodiy qobiliyat ta'lim-tarbiya jarayonida rivolantirib boriladi. “Hamma bolalar, bеistisno hammasi:- dеb yozadi shoir P.Antokolskiy -
san'atning biror sohasida talantli bo`lib tug`iladilar. Bolaning qobiliyatsizligi har doim tarbiyaning natijasidir. Aniqrog`i, tarbiyaning yo`qligi, bolaga g`amho`rlik qilinmaslikning natijasidir”. Bolalarni har tomonlama barkamol rivojlantirish va tarbiyalashni amalga oshirishda yordam beradigan o‘yin va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ishlardan biridir.
Hozirgi kunda o‘yinchoqlarning yangi namunalarini yaratayotgan rassomlar safi kengaymoqda, badiiy hamda konstruktorlik markazlari tashkil etilyapti. O‘yin va o‘yincholar muammolarini qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar ham ko‘paymoqda.
Har yili o‘yinchoqlar assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan seminarlar, shuningdek, o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘llangan konkurslar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turilibdi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida
Respublika va viloyatlar miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Sevimli o‘yinchog‘im” ko‘rik-tanlovi buning isbotidir. Ma’lumki, qo‘lbola hamda loy va plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlash – bolaning qo‘lidan keladigan va quvonchli ish. Materialning o‘yinchoqqa aylanish jarayoni turli kechinmalar – ajablanish, quvonchli orzu, zo‘r berib fikr yuritish va amaliy ish natijalaridan, o‘z imkoniyatlarini, mustaqilligini
anglashdan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan birga davom etadi. Loy – qo‘lbola o‘yinchoqlar yaratishda yaxshi natija beradigan material. Bolalar undan odamchalar, hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasaydilar.
Pishirish – bu o‘yinchoqlarni mustahkam qiladi, ulardan keng foydalanish, ularni boshqalarga sovg‘a qilish imkonini beradi. Qo‘lbola o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlari yoki ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlanadi. Bu qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish sanoati bo‘lmagan vaqtda, ko‘pgina avlod bolalarining hamrohi bo‘lgan. Bu o‘yinchoqlar hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Eng oddiy o‘yinchoqni tayyorlash vaqtida bola fikr yuritadi, qiyinchiliklarni yengadi, muvaffaqiyatdan quvonadi. O‘zining
ijodiy, yaratuvchilik mehnati jarayonida u do‘stlari bilan muomalada bo‘lish yo‘llarini axtaradi, ularga birgalikda o‘ynashni taklif qiladi. Bunda faqat o‘zi uchun emas, balki boshqalar uchun ham o‘yinchoq yasashga tayyor turish tuyg‘usining shakllanishi axloqiy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Bunday o‘yinchoqlar sensor tarbiya va nutqni o‘stirish vazifalarini bajarar ekan, bolalarning predmetlarni, ularning rangi, shakli, hajmi kabilarni idrok qilishini rivojlantirishga, ularning turli xossalar va sifatlarni ifodalovchi
so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri ishlatishga ham yordam beradi.


Yüklə 32,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin