MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINI YALPI TEKSHIRUV SHAKILLARI
Reja: 1.Nazorat qilishning maqsadi,vazifalari va uning bisqichlari. 2.Nazorat qilishning usul va uslublari 3. Maktabgacha ta’lim muassasaslarini yalpi tekshirishning asosiy yo’llari 4. Tematik (mavzular bo’yicha ) nazoratning maqsad va vazifalari.
Dars maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasasini nazorat qilishning usul va uslublari bo’yicha bolalarga yangi bilimlar berish va bilimlarini mustahkamlash. Tayanch iboralar: Istiqbol reja , yalpi tekshiruv, tematik nazorat ,xisobot. nazorat bosqichlari, yozma xat,savolnoma,tekshirish rejasi,tekshirishga tayyorgarlik. MAVZU YUZASIDAN FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.// Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T., «SHarq», 1997. 2. Ilk qadam. O’quv qo’llanma. T., «Ma’rifat -Madadkor», 2010. 3. “Ilk qadam” davlat dasturi Toshkent-2018 4. 5.F.Qodirova.,Sh .Toshpulatova,M.A’zamova “Maktabgacha pedagogik”. O`quv qo’llanma.Toshkent”. Ma’naviyat”. 2013 yil. 5. SH.Sodiqova“Maktabgacha pedagogiks”. Tafakkur bo’stoni”. Toshkent -2013 yil. Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni.Nazorat qilish deganda — davlat nazorati, maktabgacha ta’lim bo’limlari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalari va rahbarlari faoliyatini tekshirish shakllari tushuniladi. Bu, avvalo, sohaga oid amaldagi qonun hujjatlari, jumladan, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asoslarini, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining, «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi Nizom, «Maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», «Maktabgacha ta’lim dasturi», «Ilk qadam» dasturining bajarilishini, Maktabgacha ta’limi bo`limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog’liqbo’lgan ariza va shikoyatlarni tekshirishni anglatadi. Bundan tashqari, nazorat — har bir maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidagi mavjud nuqson va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, ta’lim-tarbiya, pedagoglar va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim vositadir. Nazorat qilishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunchilik hujjatlarida, «Maktabgacha ta’lim kontseptsiya»sida belgilab berilgan tamoyil va mezonlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi davlat xokimiyatining tizimi — uning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42 moddasida «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.
Davlat boshqa sohalarda bo’lgani kabi Maktabgacha ta’limi bo’limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda ham o’rin tutadi. Nazorat qilishda qonun ustuvorligi tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. U amaldagi barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya asosida yaratilishi va unga muvofiq bo’lishini taqozo etadi. Ulug’ Sohibqiron Amir Temur ta’kidlaganidek: «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi». Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalarida nazoratning to’g’ri, oqilona va izchil amalga oshirilishi, maqsad va vazifalarning bajarilishini uzluksiz monitoring qilib borilishi mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladigan, muassasa va unda faoliyat yuritadigan pedagogtarbiyachilar ish samaradorligi va muvaffaqiyatini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida sohaga tegishli qonun-qoidalarning to’g’ri bajarilishini nazorat qilish mudira hamda nazoratchi-uslubchi zimmasiga yuklatiladi.