IJOBIY TOMONLARI SALBIY TOMONLARI
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
|
|
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
|
Klaster metodi - pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim olovchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar yuzasidan erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq obektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim olovchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi.
Bolaga o’yinga asoslangan ta’lim orqali ta’lim berish
Bolalarga erta sifatli ta’lim berishni joriy etish
Maktabgacha ta‘lim –tarbiyani tashkil etish
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
V
Yaponiya
yaponlardagi bolalar bog’chalarida ta‘lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o’qishdan tashqari bolalarga qo’shiq aytish o’rgatiladi, sport musobaqalari o’tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o’tkazilishidan maqsad - bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo’shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo’shiqchi qo’llanilmaydi, musobaqa o’tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g’oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g’olib bo’lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo’lni qo’lga berishga yo’naltiradi
Xitoy
Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo’lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir. Uch oydan boshlab chaqaloq bog’chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o’rgatila boshlanadi. Bog’chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang’ich sinfdanoq intizomli bo’lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o’qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir. Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo’lishidan qat‘i nazar, ular eng yaxshi bo’lishi kerakligi o’rgatiladi.
EN diogrammasi
O’zbekiston
O’zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to’g’risida‖gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to’rt yoshgacha), o’rta guruh (to’rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha)
Bilaman ,Bilishni hohlayman,Bilib oldim.
Dostları ilə paylaş: |