Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasasiga rahbarlik qilish Reja



Yüklə 27,64 Kb.
səhifə1/5
tarix11.03.2023
ölçüsü27,64 Kb.
#123960
  1   2   3   4   5
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash


Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasasiga rahbarlik qilish


Reja:

I. Kirish


1. Maktabgacha ta‘lim faoliyatini tashkil etish va uning metodologiyasi
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida metodika va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarga rahbarlik qilish
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratikjamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo’lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’limtarbiya jarayonini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishni taqozo etmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyani tarbiyachi pedagoglar amalga oshiradi. Har bir ota-ona o'z farzandining bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-tarbiyachi qo’lida ta’lim-tarbiya olishini xohlaydi. Jamiyat talabi darajasidagi tarbiyachi-pedagoglarni yetishtirish pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi zimmasiga tushadi. Mutaxassislik fani bo’lgan Maktabgacha pedagogika fanining nazariy asoslari, ta’lim-tarbiya berishning tartib-qoidalari O‘rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutafakkir olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashga asoslanadi. “Maktabgacha pedagogika” fani orqali talabalar ilk yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni, uslublari, uni tashkil etish shakllari va bolalarni maktabga tavyorlashning samarali usullarini bilib oladilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta’lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo‘g‘ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘limidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o‘ynaydi.


Yüklə 27,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin