Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutqiy faoliyatini loyihalashtirish usullari mundarija: kirish I bob Maktabgach yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi



Yüklə 190 Kb.
səhifə1/6
tarix26.11.2023
ölçüsü190 Kb.
#135555
  1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTLARIDA NUTQIY FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH USULLARI


MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA NUTQIY FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH USULLARI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….…3-5
I Bob Maktabgach yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi……………..……………………………..………….……..……….……9

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini

tadqiq etish ……..………………………………………………………6-9
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantiris.……....10-12
II Bob Maktabgacha yoshdagi bolalarga nutq o’stirish ishini rivojlantirishga doir ishlarni rejalashtirish shart-sharoitlari………………23
2.1. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar …………….……….…..13-23
2.2. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash….24-30
Xulosa va tavsiyalar………………………..…………………..…………..32-33
Foydalanilgan adabiyotlar………..……….……………………………..……34

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi1. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida,jumladan, birinchi bosqich maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’nalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning samarali olib borilishini ta’minlash va chuqur tahlil qilish zarurati yuzaga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” deb aytganlar.2 O’tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo’yicha kompleks tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Ushbu ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarida olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir2 . O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi

Yüklə 190 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin