Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash va sohaga qabul qilishga qo’yiladigan talablar


KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə2/8
tarix11.06.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#128013
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash va sohaga qabul

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI.


O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarida haqli ravishda ta'kidlanganidek, “Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'Isa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz”.
Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo, ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo'lgan munosabat o'zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o'z navbatida o'ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.


Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'Iim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. "Ta'lim-tarbiya" - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'Iim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.

Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin