Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 171,06 Kb.
səhifə23/62
tarix01.04.2023
ölçüsü171,06 Kb.
#124653
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
4. rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

Talab. Bola o‘zining tabiiy muhitiga qiziqishini namoyon qiladi, fanni o‘rganishda faol

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘yinchoqlar va predmetlar bilan tajriba o‘tkaza boshlaydi (ushlaydi, chiqaradi, bir-biriga joylashtiradi, bosadi, ochadi);
bo‘sh piyolani oladi va unga suv yoki sharbat quyib berishni so‘raydi;
predmetlar yoki insonlarning ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi va paydo bo‘lishiga munosabat bildiradi.

boshqalarning harakatini yoki tushib ketgan predmetni kuzatadi;
quvonch yoki qoniqish hissini baxsh etuvchi harakat va tovushlarga erishish uchun predmetlar bilan harakatlanadi;
harakatlarga taqlid qiladi yoki boshqalar imo-ishorasini takrorlaydi.

yaqin atrofidagi predmetlarni farqlaydi (o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim, poyabzal, mebel);
ayrim uy va yovvoyi hayvonlarni biladi;
ayrim sabzavot va mevalarni farqlaydi
kattalar yordamida qurilmalar quradi;
o‘z qurilmasi atrofida o‘yin tashkil etadi;
predmetlarni tegishli muhitga joylashtirishni biladi (jirafni hayvonot bog‘iga, mashinani garajga).

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani o‘yinchoqlar bilan o‘ynashdagi mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash;
bolaga tajriba o‘tkazish uchun turli materiallarni turli miqdorda berish;
piyolani olish, bolaga ichi bo‘shligini ko‘rsatish, biror-bir suyuqlik bilan to‘ldirish va bolaga ichi to‘lganligini tushuntirish.

bola bilan xirgoyi qilib, tovushlar chiqarib, imo-ishoralar bilan o‘ynash;
bolaga shakli, rangi, og‘irligi turlicha bo‘lgan o‘yinchoq va predmetlarni berish;
bola harakatiga munosabat bildirish;
o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatish (puflash, sovun ko‘piklarini chiqarish);
u bilan to‘kilgan barglar ustida yurish, oynalarda tajribalar ko‘rsatish.

yaqin atrofdagi predmetlarning nomini to‘g‘ri aytish (o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak, poyabzal, mebel);
predmetlar rangi, hajmi va qanday materialdan qilinganligini ko‘rsatish va tushuntirish (qog‘oz, daraxt, mato, loy);
hayvonlar haqida oddiy dalillarni keltirish;
mustaqil qurish istagini qo‘llab-quvvatlsh.


Yüklə 171,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin