Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘G‘risida


Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan



Yüklə 171,06 Kb.
səhifə26/62
tarix01.04.2023
ölçüsü171,06 Kb.
#124653
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
4. rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan
TALABLAR

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINING ShAKLLANIShI

Kichik soha: Yirik motorika

Talab: Bola o‘z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

turli usullar bilan yuradi (to‘g‘ri, erkin, ko‘rsatilgan yo‘nalishda);
kolonna, doira bo‘lib saflana oladi;
muvozanatni saqlab yuguradi;
sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi;
bir joyda ikki oyoqlab sakraydi;
oldinga siljib sakraydi;
aylana yoyi tagidan emaklab o‘tadi;
badantarbiya vaqtida mashqlarni takrorlaydi;
uch oyoqli velosipedda uchadi.

oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini yuqori ko‘tarib yuradi;
arqon ustida muvozanat saqlab yuradi;
tizzalarini yuqori ko‘arib yuguradi;
past to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi;
arqonda sakrashga harakat qiladi;
gimnastika skameykasi ustida qo‘li bilan tortilib qornida suriladi;
gimnastika narvonida harakatlanadi;
samokatda uchadi.

oyoqlarini uchidan tovoniga almashtirib yuradi;
to‘siqlarni aylanib yoki xatlab o‘tadi;
gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, qadamba- qadam yuradi;
qiya doska ustida to‘g‘ri va yoni bilan yuradi;
yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, to‘siqlarni yengib o‘tib);
turli usullar bilan sakraydi;
bir necha predmet oralab emaklaydi;
qornida yotib, qo‘llari bilan tortilib emaklaydi;
gimnastika narvoniga o‘rmalab chiqadi.

bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi;
yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
yengil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni yengib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda);
bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi;
arqonda turli usullarda sakraydi;
arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi;
ikki oyoqli velosipedda uchadi.


Yüklə 171,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin