BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT
bolaga harakatlar namunasini ko‘rsatish (salomlashish, xayrlashish);
bolani kattalar murojaatiga javob bergani uchun maqtash;
ochiq havoda boshqa bolalar bilan birgalikda sayr tashkil etish;
harakatlarni so‘zlar bilan qo‘shib olib borish.
|
bolaga o‘yin yoki harakatning umumiy qoidalarini tushuntirish (“Biz qumni o‘ynaymiz, lekin qumni sochmaymiz”);
tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qilish
|
bola bilan o‘yin mobaynida boshqalar bilan hamkorlik qilishni shaxsiy namuna asosida namoyish etish;
muloqot jarayonida chegara belgilash;
bolani boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik.
|
NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI
|
Kichik soha: Nutq va til
|
Talab: Bola nutqni tinglash va tushunishga, gapirish va muloqot qilishga qodir
|
0-1 yosh
|
1-2 yosh
|
2-3 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
ba-ba, ma-ma, bu-bu va boshqa bo‘g‘inlarni talaffuz qiladi;
bolalar qo‘shiqlari, ovutmachoqlar, ertaklar, qisqa va sodda hikoyalarni tinglaydi;
nomi tilga olingan obyekt tomon qaraydi (“Oyisi qani…”);
yorqin rasmli kitobchalarni ko‘rishga qiziqish bildiradi.
|
kundalik hayotda bajariladigan harakatlarni anglatuvchi so‘zlar ma’nosini tushunadi;
o‘rindosh so‘zlarni qo‘llaydi, kattalar ketidan yengil so‘zlarni qaytaradi;
kattalar nutqiga taqlid qiladi;
kitoblarni o‘rganadi.
|
istak va iltimosni ifoda etadi;
kattalar nutqini to‘g‘ri tushunadi;
kattalarning oddiy topshiriqlarini bajaradi;
harakatlarni nutq bilan birga olib boradi;
so‘zlardan foydalanadi;
kitob o‘qib berishlarini so‘rashi mumkin;
rasmlar bo‘yicha kitobni taniydi.
|
|