Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik



Yüklə 171,06 Kb.
səhifə42/62
tarix01.04.2023
ölçüsü171,06 Kb.
#124653
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
4. rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish

3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik
7. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
8. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
9. Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
10. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
4-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv
11. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 171,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin