Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi agressiv bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi dastur. Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 27,19 Kb.
səhifə5/13
tarix23.04.2022
ölçüsü27,19 Kb.
#115477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi agressiv bolalar uchun ko

2-mashg’ulot kuni.

1. Salomlashish (“Xayrli tong” mashqi).

Psixolog: bolalar sizni ko’rganimdan xursandman. Kelinglar, hammamiz bir-birimizga qo’l ko’tarib, baland ovozda “xayrli tong” deb aytamiz!

2. “Ayiqchaga ezgu so’zlarni ayt” o’yini.

Psixolog va bolalar doira shaklida o’tiradilar, tarbiyachining qo’lida koptok bo’ladi. Psixolog va bolalar koptokni bir-birlariga uzatib, odamlarda yaxshi xislatlar bo’lishini esga olishadi. So’ngra tarbiyachi o’yinga o’yinchoq ayiqchani “taklif etadi”. Bolalar unga quyidagicha ezgu so’zlarni aytishadi: “Sen - … (yaxshisan, quvnoqsan, tirishqoqsan)”. So’ngra navbati bilan har bir bola “ayiqchaga aylanadi” (o’yinchoqni qo’lida ushlab turadi), qolgan bolalar ayiqcha rolidagi bolaga ezgu so’zlarni aytadilar.

3. “Chehralar” mashqi.

Bolalarga inson chehrasining mimik ifodalari tasvirlangan rasmlar beriladi. Masalan: quvonch, hayrat, jahldorlik, qo’rqish, uyalish, qovoq uyish. Har bir bolaga rasmlar beriladi va bolaga rasmdagi emotsiyani o’zlarida ifodalab berish so’raladi. Boshqa bolalar o’z o’rtoqlarining yuz qiyofalariga qarab, ularda nima ifodalanayotganligini aytib berishlari kerak.


Yüklə 27,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin