Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi


Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə3/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

1.1 Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
Modulning maqsadi: O‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning verbal va noverbal usullari: fikr bildirish, tuzatishlar kiritish, olqishlash, savollar berish.
Boshqalar fikrini hurmat qilish. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanish.
O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot maneralari. Pedagoglarning kasbiy-pedagogik kompetentligi.
Ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirishda o‘z hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqotni o‘rnatish va hamkorlik qilish. O‘qituvchilarning global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanishga o‘rgatish.
PR (jamoatchilik bilan aloqalar)ni tashkil etish usullari. Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlar. Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan muloqot maneralarini o‘rgatishdan iborat.
Modulning vazifalari:
- tinglovchilarda pedagogik muloqot to‘g’risidagi tushunchalarini takomillashtirish;
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar
Tinglovchi:
- o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va ta`lim oluvchilarga yetkazish ko‘nikmalariga;
- ta`lim-tarbiya jarayonida kommunikativ ko‘nikmalarni o‘z faoliyatida qo‘llay olish;
- zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga;
- ta`lim-tarbiya jarayonini pedagogik texnologiya tamoyillariga mos ravishda pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish;
- ta`lim samaradorligini oshirish uchun xorij tajribalardan foydalanish kompetentsiyalariga ega bo‘lishi lozim;
Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini va qobiliyatlarini rivojlantirish” moduli amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda umumiy o‘rta ta`lim muassasasi pedagogining kommunikativ kompetentsiya, pedagogik muloqot va uning tarkibiy qismlari, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnikadan ta`lim jarayonida foydalanish o‘rgatiladi.
Darslarda texnik vositalardan, blits-so‘rovlar, test so‘rovlari, keys-stadi, FSMU, Venn diagrammasi, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta`lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin