Muloqot – 1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari kishilar o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi
Muloqotmadaniyati – 1) muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etish asosida suhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatiga egalik; 2) pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlaridan biri
Nazariytafakkur– tafakkur turlaridan biri, u ob’ektlarning xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo‘ladi.
Nafasolish – 1) organizmga hayot bag’ishlovchi fiziologik funksiya; 2)
nutqning energiya bazasi
Nafas olishtexnikasi – fiziologik funksiya yoki nutqning energiya bazasi sifatida nafas olishda qo‘llaniladigan vositalar majmui
Noyobqobiliyatlar – shaxsga xos individual psixologik xususiyatning
shunday turi bo‘lib, u juda kam sonli shaxslardagina kuzatiladi va ko‘p uchraydigan psixologik hodisa sanalmaydi
Nutq apparati – nutqni hosil qilishda ishtirok etuvchi organlar.
Nutqli (yoki tovushli) nafas olish (fonatsion, yunon. “phono” – “tovush”) – nafasning nutq jarayonidagi olinishi
Nutqmadaniyati – o‘z fikrini nutq yordamida mantiqli, to‘g’ri, obrazli, aniq va ifodali yetkazib berish malakalarining o‘zlashtirilganlik darajasi