Pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari – Pedagoglarningmutaxassis sifatida kasbiy madaniyati sifatlarini hosil qiluvchi tarkibiy element (unsur)lar (pedagogik loyihalash madaniyati; kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish madaniyati; pedagogik dunyoqarash; fikrlash madaniyati; his etish madaniyati; baholash madaniyati; muloqot madaniyati; tashkilotchilik qobiliyati)
Pedagogik madaniyat – 1) pedagogning shaxs va mutaxassis sifatida
muayyan xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish darajasi; 2) pedagogning kasbiy vazifalarni hal qilish usul va vositalarini o‘zlashtirganlik, pedagogik bilimdonlik, takt, texnika va madaniyatni namoyon qila olishning yuqori darajasi
Pedagogik majburiyat – jamiyat tomonidan o‘qituvchi shaxsiga, u tomonidan bir qator pedagogik majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan qo‘yiladigan talab va axloqiy yo‘l-qo‘riy, ko‘rsatmalar majmuasi
Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari – o‘qituvchilarda
namoyon bo‘ladigan kasbiy mahorat asosini tashkil etuvchi element (unsur)lar (pedagogik odob, pedagogik bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik muloqot madaniyati, pedagogik relaksatsiya, kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati, pedagogik takt (nazokat), pedagogik texnika, nutq texnikasi, pedagogik ijodkorlik, pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat)
Dostları ilə paylaş: |