Pedagogik texnikaning vositalari – pedagog tomonidan o‘quvchilarning u yoki bu harakatlari yoki ularda namoyon bo‘ladigan ma’naviy- axloqiy sifatlariga nisbatan sub’ektiv munosabat, alohida his-tuyg’ularning ma’noli ifodalanishini ta’minlovchi vositalar (nutq va og’zaki bo‘lmagan muloqot)
Pedagogiktexnikametodlari – pedagog tomonidan o‘quvchilarning u yoki bu harakatlari yoki ularda namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy sifatlariga o‘zining sub’ektiv munosabat, alohida his-tuyg’ularni ma’noli ifodalanishini anglatuvchi metodlar
Pedagogiktexnika – pedagog tomonidan o‘zlashtirilgan alohida talaba va talabalar jamoalariga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llay olish uchun zarur bo‘lgan BKM yig’indisi (o‘zini o‘zi hissiy boshqarish, pantomimika, mimika, jest (gavda, qo‘l, oyoq harakatlari), nutq texnikasi, alohida so‘z yoki ifodalarni ifodalash sur’ati (ritmika))
Pedagogikhamdardlik(empatiya) – pedagogga xos sifat (talabalar, ota-
onalar, hamkasblar va rahbarlarning xatti-harakatlari, hissiyotlari, hayotiy intilishlari, tabiatlarini tushunish, boshqalar nuqtai nazarini ma’qullash asosida jamoadagi munosabatlarni me’yorda tashkil etilishini ta’minlash; o‘zgalarning ichki holatini, o‘y-fikrlarini va his-tuyg’ularini tushuna olish; boshqalarning boshiga tushgan kulfat, falokatlardan qayg’urish; rollarni qabul qilish – og’ir vaziyatda bo‘lgan kishilarning o‘rniga o‘zini tasavvur, mushohada yordamida qo‘yib ko‘rgan holda ulardagi ijobiy his-tuyg’ularini qayta tiklashga ko‘maklashish; o‘zgalarning qayg’u-alamlaridan, kulfatlaridan qayg’urish, ko‘ngilni ko‘taruvchi, taskin beruvchi so‘zlar bilan og’ir vaziyatda qolgan kimsalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish