MULOQOT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individni shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan bo‘lgan aloqasini muloqotsiz also tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik psixolog Ye.Melibruda aytganidek, shaxslararo munosabatlar biz uchun xavodek ahamiyatga egadir. Go‘daklik va o‘smirlik davrlarida muloqot yetakchi faoliyatga, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi.
Muloqot-odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati-nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keying jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotgakirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etishda amalga oshiriladi. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o‘z “Meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri -bu muloqotga bo‘lgan ehtiyojdir.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Muloqot – bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib, munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborotalmashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib boorish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bunda so‘zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos. Oddiy ko‘nikma (“to‘g‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomalamada niyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiyojlaridan kelib chiqadigan, aloqaalmashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. Muloqotning o‘zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o‘zaro idrok etish yuzaga keladi.
Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o‘zaro ma’lumot almashinishidir.
Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g‘oyalar balki harakatlar bo‘yicha ham o‘zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat.
Muloqatning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq – atvoriga mo‘ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go‘yo o‘qib ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Inson muloqot jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat: L.A.Karpenko muloqotning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi. Aloqa o‘rnatish vazifasi Informatsion vazifa suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash suhbatdoshbilanmuayyanma’lumotlar, fikrlarvarejalarnialmashishFaoliyatgaundashsuhbatdoshnibirorharakatnibajarishgastimullashtirishKoordinatsionvazifasuhbatdoshbilanhamkorlikdagifaoliyatnitashkiletishvauniamalgaoshirishdaharakatlarnimuvofiqlashtirish.
Muloqot – ta’lim oluvchi psixologik va ijtimoiy rivojining muhim omillaridan biri bo‘lib, birgalikdagi faoliyatda umumiy natijalarga erishish, shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash. Psixologik lug‘atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1) muloqot – hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni.
2) muloqot – belgilar tizimi orqali sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. maqsadida ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro harakati.
G.M Andreeva muloqotning 3 xil tuzilishini taklif etadi: 1.O‘zaro fikr almashinuv(kommunikativ ko‘rinish). 2.O‘zaro ta’sir ko‘rsatishi (interaktiv ko‘rinish). 3.O‘zaro bir-birini tushunish (perseptiv ko‘rinish). Kommunikativ ko‘rinish Muloqotning kommunikativ jihati
bu - muloqotdagi individlarni o‘zaro ma’lumot almashinishidir
Interaktiv ko‘rinish Muloqotning interaktiv jihati bu - individlar muloqotda nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bo‘yich ham o‘zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat
Рerseptiv ko‘rinish Muloqatning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir