3. O‘z-o‘zini baholash va qayta baholash. Qayta anglash - o‘ziga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish demakdir. Bunda ilgarigi baholar o‘zgarishi mumkin.
Qayta anglash insonning o‘ziga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Chunki inson boshqa bir inson yoki obyekt haqida bir xil xulosada qolmagani kabi, o‘zini ham butun umri davomida qayta anglab boradi.
O‘qituvchi o‘zini qanchalik haqiqiy baholasa, atrofdagilar bilan munosabatlar shunchalik muvaffaqiyatli rivojlanadi va hayotning barcha sohalarida muvaffaqiyat shunchalik yuqori bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash – inson o‘zini tashqaridan qanday ko‘rishi va baholashini bildiradigan psixologik fenomen hisoblanadi. O‘zimizga bo‘lgan bahodan kelib chiqqan holda biz o‘zimizni boshqalarga tanishtiramiz. Shunda atrofimizdagi insonlar ham biz bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak-kerakmasligini ongli ravishda tushunib olishadi. Asosan, shaxsning o‘ziga bo‘lgan bahosi barcha imkoniyatlariga qaramasdan, past bo‘ladi. O‘ziga ishonmaslik va past baho berish esa, karyera, munosabatlar va shaxs ruhiyatida bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, quyida o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish usullari haqida so‘z boradi.
1. Atrofdagilarni emas, o‘zingizni tinglashni o‘rganing
Asosan, o‘ziga ishonchi past insonlar boshqalarning fikri bilan ish ko‘rishga moyil bo‘ladi. Ammo faqatgina siz o‘zingizdan kelib chiqqan holda o‘zingizga adekvat baho bera olasiz.
2. Kichik muvaffaqiyatsizliklar sababli ham o‘zingizni ayblayverishni bas qiling.
O‘zingizni doimiy tanqid qilishingiz yutuqlaringizni e’tiborsiz qoldirib, hayotingizdagi salbiy voqealarga ko‘proq e’tibor qaratadigan bo‘lib qolishingizga olib keladi.
3. Sizni maqtaganlarida inkor qilmang.
Maqtov eshitganingizda o‘zingizdan ayb izlamang, e’tiroflarni inkor qilmang. Maqtov uchun minnatdorchilik bildirish bilan cheklaning.
4. Ishlaringizni ertaga qoldirib ortga surmang.
Asosan, tugallanmagan, ortga surilgan ishlar yig‘ilib borib, insonda aybdorlik va o‘zidan qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi. Inson o‘zini to‘laqonli his qila olmaydi.
5. Rad etishni o‘rganing
Qo‘lingizdan kelmaydigan, vaqtingiz va yoki xohishingiz bo‘lmagan narsalarni bajarishlarini so‘rashganida rad eta olishni va rad etganingiz uchun aybdorlik hissini tuymaslikni o‘rganing. Imkoningiz yo‘q ishni rad qilishingiz yomon inson ekanligingizni emas, o‘zingizni hurmat qilishingizni bildiradi.
6. O‘z ehtiyojlaringizni aniqlash va qondirishni o‘rganing
Ehtiyojlar asosan “nimani istayman?” va “nimaga muhtojman?” degan savollarga javob beradi.
7. Psixologga murojaat qiling
Bugungi kunda o‘zimizga bo‘lgan ishonch va sog‘lom baho jamiyatdagi o‘rnimiz, karyera, o‘qish va oilaviy munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababda ham, yuqoridagi maslahatlarga mustaqil ravishda amal qila olmasangiz, psixolog yordamiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Qayta baholash natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
o‘z xohish va qobiliyatlari nisbatlarini to‘g‘ri baholaydi;
o‘ziga nisbatan tanqidiy qarash;
erishish mumkin bo‘lgan haqiqiy maqsadlarni belgilash