Nazorat savollari: Idrokning predmetligi, yaxlitligi va strukturaligi nima?
Idrok yaxlitligi va konstantligi nimaga bog‘liq?
Hissiy tuyish nima?
Harakatni idrok qilinishi nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O`qituvchi»-1992y
2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 2002 y
3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-2002 y
4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-2002 y
5.Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva-
1996
6. Golfrua J «Chto takoe psixologiya T-1 M-1992.
7. Klimov.Ye.A «Osnov psixologii» Uchebnik Moskva-1997y
8. Psixologiya Pod Red A.N.Krlova
9. Nemov.R.S. «Psixologiya» KN-1 Moskva-1998 y
10 .A.I.SHcherbakov. «Umumiy psixologiyadan amaliy mashgulotlar Toshkent
«O`qituvchi» 1984 y
11. Andreeva.G.M. «Sotsialnaya psixologiya» Uchebnik M-1998 y
12. Rubinshteyn.S.L. «Osnov obshey psixologii» M-1998 y.
www.ziyonet.uz Xotira va uning turlari Psixologik manbalarda kо‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta’sirotlarning aks ettirilishidan о‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba’zi bir о‘zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, kо‘nikma, malaka va bilim kо‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma’lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bо‘ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yо‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bо‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan о‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qо‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning о‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bо‘lgan juda kо‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar о‘z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq-huquqimiz yо‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan bir yо‘li, bizningcha, unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrof-muhitdagi voqelik(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yо‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yо‘naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir”. Shuni qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini tо‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallikka da’vo qilish degan ibora emas, chunki unda obyektivlik (tashqi) va subyektivlik (ichki) yuzasidan ma’lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat ham, imkoniyat ham yо‘qdir.
Ta’rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib kо‘rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bо‘lishidan qat’i nazar va о‘sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uning individual (yakkahol) tajriba kо‘lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bog‘liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qо‘llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. О‘zlashtirilgan materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog‘liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular о‘zaro mezonlari hamda sharhlari bilan tafovutlanadilar.
Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli о‘tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning rо‘yobga chiqishini ta’minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bо‘ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa о‘zining tarkibiga kiruvchi har bir qismni muayyan tartibda о‘zaro bog‘langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi. Turli kо‘rinishga ega bо‘lgan “bog‘lanish”ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u holda rivojlanish tо‘g‘risida sо‘z ham bо‘lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi ”chaqaloqlik holatida”mangu qolib ketgan bо‘lur edi.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda kо‘p marotaba ta’kidlanishiga binoan, xotira barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bо‘lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning о‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari tо‘g‘risida muayyan tartibda ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bо‘lib hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti kо‘p jihatdan xotira muammolarining о‘rganilishiga bog‘liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, “aqlli” va “sun’iy intellekt”li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat darajasini kо‘tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik nazariyalarga bag‘ishlangan. Lekin jahon psixologiyasi fanida assotsianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi kо‘plab yо‘nalishlar mavjud bо‘lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bо‘lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning haddan tashqari kо‘pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani о‘rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani о‘rganishning har uchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi tadqiq qilinishi о‘zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bо‘lib, psixologiya fanida xilma-xil yо‘nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi hamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga о‘xshamaydigan) innovatsion (yangi, dolzarb) g‘oyalar ilgari surilganligi ma’lumdir. Bu nazariyalar negizida (mohiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga subyekt(inson)ning faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday rо‘yobga chiqishi tо‘g‘risidagi muammolarni tasniflash va baholash yotadi.