qо‘zg‘atuvchi ta’siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon bо‘lish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada ma’lumotlar tо‘plash imkoniyatiga ega bо‘lganlar.
Tajribada aniqlanishicha, poliplarning (meduzaga о‘xshash jonivorlar) asab tizimiga bir marotaba elektr toki bilan ta’sir qilish orqali qо‘zg‘atishni vujudga keltirish bir necha soat davomida saqlanib qoluvchi ritmik elektr impulslarini hosil qiladi. Hayvonot olami yirik namoyandalarining markaziy asab tizimini tadqiqot qilish davomida xuddi shunga о‘xshash hodisa qayd qilingan. Masalan, bir marotaba birdaniga elektr lampochkasini yoqish bilan qо‘zg‘atish orqali uy quyonning yuqori ikki dо‘ngligida uzoq muddat qayd etish mumkin bо‘lgan ritmik elektr razryadlarini hosil qiladi.
Tadqiqotchilarning kо‘rsatishicha, kо‘p vaqt bir xil signalni takrorlab turish natijasida insonning unga moslashishi, ya’ni oriyentir refleksining sо‘nishiga, befarqlikka olib boradi (YE. N. Boyko, YE. N. Sokolov va boshqalar). Psixolog YE.N.Sokolovning fikricha, bunday odatlanish, kо‘nikish hodisasini alohida olingan neyronning kо‘p marotaba ta’sir etgan qо‘zg‘atuvchiga berayotgan javobini tekshirish davomida kuzatish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, kuzatuvchining xarakteri yoki intensivligini biroz о‘zgartirish jarayoni oriyentir refleksini qayta vujudga keltiradi.
YE. N. Sokolov olib borgan tekshirishlari shuni kо‘rsatdiki, ilgari surgan oriyentir refleksining qayta tiklanishi faqatgina qо‘zg‘atuvchining xususiyatini о‘zgartirilgan zahoti emas, balki ma’lum vaqt о‘tgandan sо‘ng ham kuzatish mumkin. Agar teshiruvchilarda alohida bir qо‘zg‘atuvchiga nisbatan moslashish paydo qildirilgan, salgina qо‘zg‘atuvchining jadalligini, ta’sir etish vaqti yoki xususiyati о‘zgartirilsa, u holda oriyentir refleksining vegetativ yoki elektrofiziologik simtomplari qayta tiklanadi. Bu oriyentir refleksining qayta tiklanishi uning sо‘nganidan uzoq muddat о‘tgandan keyin ham kuzatiladi.
Nerv tizimi ilgarigi kuzatuvchilarning izlarini aniq saqlay olish qobiliyatiga ega. Buning tо‘laroq dalillash maqsadida misollarga murojaat qilamiz.
Ma’lumki, agar bir xil xususiyatga ega bо‘lgan signal qanchalik kо‘p uchrasa, sinaluvchi unga shunchalik tez moslashadi, xuddi shu tariqa tezkorlikda (reaksiyaning latent vaqti juda qisqa bо‘lishiga qaramay) javob qaytaradi.
Turli metodikalar bilan atroflicha tekshirishlar shuni kо‘rsatadiki, bu qonun eng oddiy sharoitlarda ham saqlanib qolar ekan.
Keyingi davrdagi tekshirishlarning kо‘rsatishicha, insonning nerv tizimi alohida signal izlarini о‘ta aniqlik bilan uzoq muddat saqlash imkoniyatiga egadir, bunga YE. N. Sokolov tajribalari yaqqol misol bо‘la oladi.
Sinaluvchilarga bir marotaba ma’lum bir balandligi 500 gs va jadalligi 20 db bо‘lgan eshitish signali berilgan, unga javob tariqasida qо‘lni qisish kerak bо‘lgan. Ular faqat shu signalga javob berib, boshqa signalga qо‘l harakatlari qilmasliklari zarur edi. Tajribaning navbatdagi bosqichida sinaluvchilarga shu balandlikdagi, lekin intensivligi 5 db dan 30 db gacha bо‘lgan turli tovushlar berilgan. Bunda bir davrning о‘zida elektroensefalogramma, elektromiogramma, teri-galvanik reaksiyalar qayd qilib borilgan.
Ushbu tajriba oradan ikki, tо‘rt va yigirma besh kun о‘tgandan sо‘ng qaytadan takrorlangan, lekin bir marotaba berilgan etalon qayta takror namoyon bо‘lmagan.
Tajriba natijalarining kо‘rsatishiga qaraganda, bir marotaba kо‘rsatilgan etalon sinaluvchilarda uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan va undan sо‘ng ham ular etalonga mos signallarga aniq elektrofiziologik va harakat reaksiyalarini bildirganlar.
Keltirilgan tajriba natijalari shuni kо‘rsatdiki, inson miyasi bir marta berilgan qо‘zg‘atuvchining izini uzoq vaqt aniq saqlashi mumkindir. Shunisi ajablanarliki, izlarning aniqligi vaqt о‘tishi bilan yо‘qolmaydi, balki u borgan sari kuchayib boradi.