Yuqorida biz inson miyasiga ta’sir qilgan qо‘zg‘ovchilarning izi esda olib qolinishini kо‘rib о‘tgan edik. Navbatdagi vazifa izlarni mustahkamlanish jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob berishdan iboratdir. Izlar tezda mustahkamlanadimi yoki ma’lum vaqt talab qiladimi, degan muammolar tug‘ilishi tabiiy holdir.
Bu savollarni о‘rganish kо‘pgina tadqiqotchilarning predmeti bо‘lib xizmat qilgan. Kо‘pgina psixologlar kuzatishlariga qaraganda, insonning bosh miyasi jarohatlanganda, jarohatgacha bо‘lgan qisqa vaqt ichida va jarohatdan keyin ma’lum vaqt oralig‘ida ta’sir qilgan qо‘zg‘ovchilarning izi saqlanmaydi. Bosh suyagi og‘ir jarohatlanib, odam xushidan ketganda, shikastlangangacha qanday hodisa rо‘y berganligini va undan sо‘ng rо‘y bergan hodisani sira eslay olmaydi. Bu hol anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu holat shuni kо‘rsatadiki, nerv tizimiga rо‘y bergan kuchli shok (ruhiy og‘ir favquloddagi xastalanish) miya ma’lum muddatga unga yetib kelgan qо‘zg‘atuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qо‘yadi.
Anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib qolishga qobiliyatsiz bо‘lib qolgan vaqt oralig‘ini о‘lchash imkonini berdi. Masalan, 78-km da halokatga (avriyaga) uchragan mototsiklchi 64-km dan boshlab kо‘rgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan ketayotganligi sababli halokatdan 10-15 minut oldin rо‘y bergan taassurotlarning izlarini mustahkam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada mustahkamlanishi yoki psixologiyada aytilganidek, «konsalidatsiya»lanish uchun 10-15 minut kifoya qilar ekan, xolos.
Shunga о‘xshash omillar asosida maxsus tajribalar о‘tkazilib, bunda sinaluvchilarga sun’iy kuchsiz shok beriladi va qanday muddat oralig‘i xotiradan tushib qolishi kuzatiladi.
Psixolog Fedor Dmitriyevich Gorbovning tajribalari bunga yaqqol misol bо‘la oladi: unda sinaluvchilar belgilar (4, 1, -8, 5) о‘tib turadi. Sinaluvchilar berilgan sonni ilgari natijaga qо‘shib yoki undan ayirib, arifmetik operatsiyalarni bajarishlari zarur edi. Albatta, misollarni yechish davomida sinaluvchi xotirasida ilgarigi natijalarni saqlash kerak edi. Favqulodda «birdaniga» sinaluvchiga keskin yorug‘lik chaqnashi kо‘rinishida «shok» beriladi.
Tajribalarning kо‘rsatishicha, bunday hollarda tekshiriluvchilar hozirgina olingan natijani eslaridan chiqarib qо‘yib, hisobni oxirgisidan emas, balki oldingisidan davom ettirdilar. Tajribalr shuni kо‘rsatdiki, kuchsizgina shok ungacha bо‘lgan izlarni о‘chirar va izlarning «konsalidatsiya»lanishi uchun zarur bо‘lgan sharoitga tо‘sqinlik qilar ekan.
Yuqoridagi kuzatishlar shunday fikrlar olib keldiki, izlarning mustahkamlanishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi va ushbu faktni tekshirish uchun psixologiyada qator tadqiqotlar о‘tkazila boshlandi.
Kо‘pgina amerikalik mualliflar tomonidan tadqiqotlar quyidagicha amalga oshirilgan. Hayvonlar kо‘nikma hosil qilinayotganidan biroz vaqt о‘tgan, hayvonga elektr toki beriladi. Agar shok kо‘nikma hosil qilinganidan 10-15 minutdan keyin berilsa, u holda mazkur kо‘nikma yо‘qoladi: 10-15 minutdan keyin berilsa, u xolda mazkur kо‘nikma yо‘qoladi: agar kо‘nikma hosil qilinganidan keyin 45-60 minut ichida berilsa, kо‘nikma saqlanadi. Shu sababdan izlarning mustahkamlanishi vaqti uchun 10-15 minut ajratilishi kifoya qiladi. Jahon psixologlari olib borgan keyingi tajribalar shuni kо‘rsatdiki, shokdan sо‘ng hosil qilinadigan kо‘nikmaga ham shok salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Demak, shok izlarining «konsalidatsiya»lanishigacha ta’sir qilib qolmasdan, balki miyani shunday holatga olib qо‘yar ekanki, bunda kо‘nikma hosil bо‘lishi reallikdan uzoqlashadi.
Hozirgi davrda shu narsa ma’lum bо‘ladiki, yuqoridagi samara (effekt) faqat elektr toki yordamidagina emas, balki farmokologik elementlar ta’siri ostida ham kuzatilar ekan. Masalan, barbituralar bosh miya pо‘stlog‘ini tormozlanish holatiga olib keladi; metrazol pо‘stloqda kuchli qо‘zg‘alishni yuzaga keltiradi. Tо‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, odamda kо‘nikma hosil qilinib, bir minut о‘tgandan sо‘ng barbituratlarni qabul qilish kо‘nikma izining yо‘qolishiga olib kelar ekan; aynan shu dozalari barbituratli kо‘nikma hosil qilingandan sо‘ng 30 minut о‘tgach qabul qilinsa, kо‘nikmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shunga о‘xshash natijalar metrazol bilan о‘tkazilgan tajribalarda ham kuzatilgan; kо‘nikma hosil qilingandan sо‘ng 10 sekund о‘tgach, metrazol qabul qilinishi izlarning qо‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, 10 minut keyin qabul qilinsa, u holda izlarning kuchsiz saqlanishi namoyon bо‘ladi, 20 minut о‘tganda esa kо‘nikma butunlay saqlangan.
Biroq miyaning qо‘zg‘alishiga ta’sir qiluvchi turli moddalar izlarning saqlanishiga turlicha «chuqurlikdagi» ta’sir qiladilar. Ba’zilari 3-4 kun oldin hosil qilingan kо‘nikmalarni yо‘qotsa, boshqalari izlarning hosil bо‘lishigagina ta’sir qiladi.
Ma’lum bо‘lishicha, izlarning «konsolidatsiya»lanishini tezlashtiruvchi moddalar ham ma’lumdir. Bunday preparatlarning biri - otrixnindir. Bundan inyeksiya qilinsa, konsolidatsiyani tezlashtirish bilan birga, unga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi moddalarga nisbatan «yashovchanroq» qilib qо‘yadi.
Yuqorida ta’kidlab о‘tilgan tajribalardan kо‘rinib turibdiki, izlarning mustahkamlanishi ma’lum vaqt talab qiladi va ushbu jarayonda turli kuch bilan ta’sir qiluvchi holatlar hukm suradi. Lekin hayvonlarning individual fikrlari mavjud bо‘lib, izlarning konsolidatsiyasi turli hayvonlarda turlicha tezlikda rо‘y beradi. Amerikalik psixolog Mak Gouning kо‘rsatishicha, kо‘nikma tez hosil bо‘ladigan kalamushlarga, kо‘nikma hosil qilinadigan 45 sek. о‘tgandan keyin shok berilsa, izlar yо‘qoladi, 30 minutdan keyin shok berilsa, u holda izlar saqlanadi; kо‘pincha kо‘nikma asta-sekin hosil bо‘luvchi kalamushlarda (individual-tipologik xususiyatlarga kо‘ra) 45 sekunddan 30 minutdan keyin berilgan shok izlarni bir xilda yо‘qotadi. Bu shuni kо‘rsatadiki, kalamushlarning «tez» guruhlarida izlar 15-20 minut ichida konsolidatsiya bо‘lishga ulguradi (uzoq vaqtgacha) va ular «sekin» guruhlarida esa izlar konsolidatsiya bо‘lishiga ulgurmaydi hamda uzoq vaqtgacha yaxshi mustahkamlana olmaydi.
Inson tomonidan muayyan izlarni о‘zlashtirish degan gap izlarning mustahkamlanganligi emas hali, chunki ularning mustahkamlanishi uchun ma’lum vaqt zarurdir. Bu vaqt kо‘pgina omillarga bog‘liq bо‘lib, jumladan, bular qatoriga individual xususiyatlar va ular imkonini kiritish mumkin.
Xotiraning fizik va neyron iz qolish nazariyalari.
Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslarining о‘tishi о‘zidan keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik о‘zgarishlarda о‘z aksini topadi.
Izlarning neyrofiziologik asoslari tо‘g‘risida fikr yuritilganda Lorente, Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodisasini (reverberlashtirish - aylana aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib о‘tish maqsadga muvofiqdir. Ularning kо‘rsatishlaricha, nerv hujayralaridan chiqqan aksonlar boshqa hujayralaridagi dendritlar bilan qо‘shilishi natijasida reverberlashtirish hodisasi vujudga keladi.
Protoinlar hosil bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lgan holatlar biokimyoviy reaksiyalar deyiladi. Bu hodisani jahon psixologlari uzoq muddatli xotiraning psixofiziologik mexanizmi deb ataydilar. Mak Konnel (AqSH) yomg‘ir chuvalchanglarida tajriba о‘tkazgan. U shartli reflekslarni hosil qilish boshqa reaksiyalaridan farqli о‘laroq, biokimyoviy reaksiyalarda (yorug‘dan qochishni mashq qilish) ikki-uch marta kamayib ketishini kо‘rsatgan.
Yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, xotira sababiy bog‘lanish, ya’ni determinator holati natijasida vujudga keladi.