Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalari.
2
-
2
Jami:
2
-
2
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
Kasbiy rivojlanishiga oid manbalar. Ulardan foydalangan holda o‘zining va maktab ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish. Kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quvlar, ularni tanlash strategiyasi to‘g‘risida ma’lumot berish.
4.1 PEDAGOG MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI (2 soat) Modul bo`yicha soatlar taqsimoti
№
O‘quv modullari mavzulari
Jami auditoriya soati
Ma’ruza
Amaliy
mashg‘ulot
1
Mas’uliyat va moslashuvchanlik haqida tushuncha. Moslashuvchanlik jarayon sifatida.
2
-
2
Jami:
2
-
2
AMALIY MASHG‘ULOT MAZMUNI Mavzu: Mas’uliyat va moslashuvchanlik haqida tushuncha. Moslashuvchanlik jarayon sifatida. (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Moslashuvchanlik haqida tushuncha. Moslashuvchanlik jarayon sifatida. O‘zgarishlarga moslashuvchanlikning modellari va tiplari. Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati. O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish. Ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va o‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish.
Pedagogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Pedagogik jamoalarda kuzatiladigan muammolar, pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarishda xodimlarning o‘zaro munosabatlari. Pedagogik jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit va uning asosiy indikatorlari. Jamoadagi psixologik holatni aniqlashda diagnostik psixologik trening. STEAM-ta’limi va boshqa ta’lim mazuni.
Modullarni o‘qitish shakllari Mazkur modullar bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar interfaol metodlardan foydalangan holda seminar-trening shaklida o‘tkaziladi. Tinglovchilar modullarni o‘rganish jarayonida ijodiy topshiriqlar, keyslar, o‘quv loyihalari, muammoli vaziyatlar bilan bog’liq masalalarni echish kabi topshiriqlarni bajaradilar.