Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə72/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

Kreativlik (ingl. “create ” – yaratish, “creative ” – “yaratuvchi”, “ijodkor”) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Meditatsiya (lot. meditatio- fikrlash) - inson psixikasini va ongini jamlangan holga keltirish maqsadida unga aqliy ta’sir o‘tkazish.
Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi.
Mahorat (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan
oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g’ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash.
Mimika (yunon. “mimikos” – “taqlidiy”) – yuz muskullari harakatlari orqali shaxsning o‘z fikri, his-tuyg’ulari, kayfiyati hamda mavjud voqelikka munosabatini ifodalashi.
Muloqot jarayonida axborot almashish vositalari – shaxslararo muloqot jarayonida axborot almashinuvini ta’minlovchi moddiy va nomoddiy narsa, omillar (og’zaki va yozma nutq, paralingvistik va ekstralingvistik tizimlar, muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti, ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa, belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika, pantomimika, jestlar – gavda, qo‘l va oyoq harakatlari))

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin