Ijtimoiy-pedagogik yondashuv. Uning mohiyati bola rivojlanishini boshqara olinadigan jarayon qilib, insoniyat tajribasini o’zlashtirishni ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga – bola shaxsi ijtimoiylashuviga qaratilgan. Uning mazmuni – bola jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini egallashi, ularni qayta tuzish va o’zgartirishdan iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilishga qaratilgan) yondashuvo’qitish jarayoni mohiyatini bilish jarayonidan olib chiqishga yordam berib, tabiiy vujudga kelgan bilish faoliyatining o’zgargan ko’rinishi – modifikatsiyasidir. O’qitish ijtimoiy qonuniyatlarga bo’ysunib, inson individual rivojlanishining tezlashuviga yordam beradi. SHunday qilib, u inson individual rivojlanish qonuniyatlari bilan bir qatorda inson ongining ijtimoiy tarixiy rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim bilishning ijtimoiy va individual shakllarini, individual faoliyatni ijtimoiy bilish tuzilishiga yaqinlashtirib, bolani o’qitishgacha bo’lgan shaxsiy tajribasi bilan ta’lim jarayonida paydo bo’lgan anglash o’rtasida qarama-qarshilikni tug’diradi.
Gnoseologik yondashuvda ta’lim mohiyati – o’quvchida individuallashtirish jarayonini amalga oshirish va o’qitish jarayonini tatbiq etish.
Psixologik yondashuv.Unga o’qitish jarayoni mohiyatini bilimlarni egallash va inson rivojlanishining psixologiya nazariyalaridan ajratib olish xarakterlidir.
Aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasiga (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosan ta’lim birinchi moddiylashgan bosqichdan tashqi nutqiy harakatga tayangan holda ikkinchisiga o’tish asosida ro’y beradi. Bundan so’ng, uchinchi bosqichda xatti-harakatlar to’laligicha ichki rejada bajariladigan oliy darajaga o’tadi. Bunday yondashuvda ta’lim mazmuni bilimlarni egallash bosqichlariga bog’liq holda aqliy xatti-harakatlar shakllanish bosqichlariga muvofiqlikdan iborat. Mazkur yondashuvda ta’lim o’quvchining shaxsiga yo’naltirilib, rivojlanuvchi funksiyani amalga oishradi.