Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va meto
Yurish qanday harakat va bola qaysi yoshdan yura bosh- laydi?
Yurish qanday takomillashib boradi?
4 yoshli bolalar qadam uzunligi necha sm?
7yoshli bolalarda qadamlar soni bir minutda nechta? §. Yugurish mashqlari turlari va ularni o‘tkazish metodlari
Yugurish siklik tipdagi harakatdir. Yurish kabi u ham ta- yanch vaziyatlarning yuzada almashinib turishi bilan bajari- ladigan sikllarning takrorlanishi, oyoqlarning navbatma- navbat oldinga ko‘chirish, qo‘llar harakatining uyg‘unligi bilan xarakterlanadi. Biroq yugurishning yurishdan sezilarli farqi bor. Yugurish chog‘ida yuguruvchining ikkala oyog‘i yerdan uzilganda parvoz fazasi mavjud bo‘ladi. Parvoz vaziyati kishining yugurish tezligini oshiradi. Inersiya ta’sirida bo‘shashtirilgan muskullar bilan oldinga harakat qilishga imkon bergan holda qadamini uzaytiradi. Asab markazlari faoliyati vujudga keladigan tormozlanish tufayli ular ish qobiliyati, shuningdek, butun asab-muskul tizimining qayta tiklanishini ta’minlaydi. Yugurishga o‘zgartishdagi mashqlar oyoq va qo‘lning muvofiq harakati bilan kechadigan, oldinga intiladigan, yengil, tezkor, erkin harakatni hosil qilishga qaratilgandir. Yurish jarayoni katta miqdordagi muskul guruhlarining navbatma- navbat qisqarishi va bo‘shashishi yuz beradi. Yugurish paytida kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanish, gaz almashish tezligi ortadi. To‘g‘ri belgilangan me’yor asosida yugurish umumiy jismoniy rivojlanishga, markaziy asab tizimi funksiyasi takomillashuviga, yurak-qon tomir va nafas olish tizimining chiniqishiga yordam beradi. Tezkor, faol yugurish jismoniy yuklamaning sekin- asta pasayib borishi bilan tugashi lozim - qadam sekinlatib yurishga o‘tiladi, bu pulsning normal holatga kelishiga yordam beradi. Tez harakatdan birdan statik holatga o‘tish, (tik turish yoki o‘tirish) yaxshi chiniqmagan yurak-qon tomir tizimi uchun noxush vaziyat tug‘dirishi mumkin, buni bolalar bilan ishlashda hisobga olmoq lozim. Yugurish bola ikki yoshga yetganda shakllanadi va uch yoshga yetganda o‘z takomiliga yetadi. 2,5-3 yoshli bolaning yugurishi mayda qadamligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik bolalar joylaridan qiyin qo‘zg‘aladilar, oyoq kaftini to‘liq bosib yuguradilar. Bu yoshda bolalar yurishdan ko‘ra yugurishni ma’qul ko‘radilar. Yugurish ko‘nikmasini dastlab o‘zlashtirayotganda ular notekis, qiyin qadam tashlab, yo‘nalishga yaxshi rioya qilmay yuguradilar. O‘rgatish natijasida to‘g‘ri yugurish belgilari mustahkamlana boradi: parvoz holatida gavda oldinga biroz egilgan, bosh ko‘tarilgan, qo‘llar tirsaklardan bukilgan, qo‘l va oyoqlar harakati muvofiqlashgan bo‘ladi. Bola 4 yoshga yetganda mashq qilish ta’sirida yugurish vaq- tidagi qo‘l va oyoqlar harakatlari koordinatsiyasi yaxshilanadi, parvozlilik ritmik takomillashadi. Biroq qadam uzunligi hali yetarlicha bo‘lmaydi, shuning uchun bolalarga chiziqlar, doira- lar bo‘yicha yugurish mashqlari, tez yugurayotganda chap berish va ilib olish mashqlari beriladi. Bola besh yoshga yetganda yugurish texnikasini, garchi uning detallarigacha aniq bajarish darajasiga erishmagan bo‘lsa- da, asosan egallab oladi. Yugurishga o‘rgatishda detallarni takomillashtirishga, yugurishning yengil va tezkor bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bolalar 6 yoshga yetganda o‘zlarining yoshiga mos yugurish texnikasini egallaydilar. Ular yengil ritmli, g‘ayrat bilan bir maromda, harakatlar koordinatsiyasi, parvozlilik bilan yo‘nalishlarga rioya qilib ulguradilar. O‘rgatishda asosiy e’tibor yugurishni takomillashtirishga, uning tezligini oshirish- ga (30 metrli masofani yil oxiriga kelib 7, 5-6,5 minutda bosib o‘tish) beriladi. Bolalar turli topshiriqlarni yugurishda chap berib, mashq bajaradilar. Bolalarda yurishda bo‘lgani kabi yugurish sifatini takomillashtirish maqsadida, yugurishning quyidagi xilma- xil turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: oyoq uchida yugurish, katta qadam tashlab yugurish, qorin devori, orqa va oyoq yuzasi muskullarini chiniqtiruvchi sonlarni baland ko‘tarib yugurish; harakat koordinatsiyasi va yengilligini ta’minlashga ta’sir qiluvchi musiqa ostida va ritmik yugurish; signallar asosida bajariladigan topshiriqlar bilan yugurish, predmetlarni oralab va predmetlar bilan (arg‘amchi, chambarak) yugurish; to‘siqlarni