Malta isitmasi, qora oqsoq- odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik; B. ni brutsella bakteriyalari qoʻzgʻatadi, ular tashqi muhitda (suv, tuproq, teri va h k.) bir necha oy saqlana oladi


Quturish kasalligi – bu o’ta yuqumli va xavfli kasallik hisoblanadi



Yüklə 129,83 Kb.
səhifə6/11
tarix25.01.2023
ölçüsü129,83 Kb.
#122564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Microsoft Word Document (2)

Quturish kasalligi – bu o’ta yuqumli va xavfli kasallik hisoblanadi.


Опубликовано 04.07.2019 - 11:37

Quturish kasalligi bilan issiq qonli yovvoyi va uy hayvonlari hamda odamlar kasallanadi. Quturish kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi «Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog’liq xizmatlar faoliyatini takomillishtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 202-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida IIB, DSENM, Veterinariya bo’limi, Obodonlashtirish boshqarmasi va ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalar hamkorlikda ish olib boriladi.
Kasal hayvon kasallik qo’zg’atuvchi manba hisoblanadi. Kasal hayvon tishlaganda uning so’lagi teridagi tirnalgan yoki yara joylarga tushganda kasallik yuqadi. Kasallik ko’zg’atuvchisi kasal hayvon so’lagida kasallik belgilari paydo bo’lishidan 10 kun oldin paydo bo’ladi. Shuning uchun tishlagan hayvon yaxshi holatda edi-ku, deb o’ylamaslik kerak.
E’tibor bersak, hayvonlar tishlashidan ko’p holatlarda bolalar jabrlanadi. Shuning uchun bolalarning, ayniqsa daydi it, mushuklar bilan muloqotda bo’lmasligini ta’minlash zarur.
Uy hayvonlari, albatta, davlat Veterinariya bo’linmalarida hisobga qo’yilgan bo’lishi va har yili quturish kasalligiga qarshi emlanishi zarur.
Qaramog’ingizdagi hayvon har qanday kasallikka chalinganda va ayniqsa quturish kasalligi belgilari paydo bo’lganda yashash joyingizdagi veterinariya bo’limlariga zudlik bilan murojaat qiling. Zinhor o’zingiz davolashga harakat qilmang, bu bilan siz o’zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo’yasiz.
Agar sizning itingiz biror kishini tishlab olsa, holatni yoki hayvonni bekitishga harakat qilmasdan, jabrlangan shaxsga o’zingizning manzilingizni bering va it yoki mushugingizni ko’rikdan o’tkazish uchun yashash joyingizdagi veterinariya mutaxassislariga murojaat qiling. Tishlagan hayvon 10 kun davomida veterinariya mutaxassislari kuzatuvida bo’ladi.
Hayvon uchun uning egasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari»ga asosan to’liq ma’muriy javobgar hisoblanadi.
Kasal hayvondan jabrlanganda faqatgina to’liq profilaktik emlash kursini olish bilan quturish kasalligining oldini olish mumkin.
Quturish kasalligi o’ta xavfli kasallik. Shuning uchun kasallikni davolashdan ko’ra uning oldini olish afzaldir. O’z it va mushuklaringizni vaqtida emlatsangiz, kasallikning oldini olgan bo’lasiz.

  • Quturish kasalligi— quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.

  • Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

  • Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

  • Virus markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, ayniqsa miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi (o’ziga xos ensefalit). Mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin.

  • Quturishga qarshi kurash tezkor davo choralariga bog’liq bo’ladi.

  • Quturish belgilari va alomatlari.

  • Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi –gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish snaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzilishlar aniqlanishi mumkin.

  • Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» -falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Shundan so’ng nafas olish to’xtashi va o’lim sodir bo’ladi.

  • Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 1-2 ой o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.


  • Yüklə 129,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin