Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o‘zgartirish va o‘chirish. Insert ma’lumotlarni kiritish operatori insert into



Yüklə 16,2 Kb.
tarix18.10.2023
ölçüsü16,2 Kb.
#130569
Laboratoriya 3


Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o‘zgartirish va o‘chirish.
INSERT ma’lumotlarni kiritish operatori
INSERT INTO jadval_nomi [(<ustunlar ro‘yxati >) ] VALUES (<qiymatlar ro‘yxati >)
Bunday sintaksis jadvalga faqat bitta satr kiritish imkonini beradi. Agar satrdagi barcha ustunlarga qiymat kiritilayotgan bo‘lsa, so‘rovda barcha ustunlar nomini ko‘rsatish zarur emas.
Masalan, BOOKS jadvaliga yangi kitob ma’lumotlari kiritiladi
INSERT INTO BOOKS (ISBN, TITL, AUTOR, COAUTOR, EARIZD, PAGES) VALUES ("5-88782-290-2","Аппаратные средства IBM PC.Енциклопедия", "Guk M. ", "",2000, 816)

Jadvalga bir nechta satr kiritish uchun sintaksis:


INSERT INTO table_name (column_list)
VALUES
(value_list_1),
(value_list_2),
...
(value_list_n);

Masalan:
INSERT INTO tbl_name (a, b, c)


VALUES (1,2,3),
(4,5,6),
(7,8,9);

Agar jadvalni yaratishda ustun yoki atributga majburiy qiymat (NOT NULL) belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, u xolda INSERT operatorida joriy ustunning har bir satriga kiritiladigan qiymat ko‘rsatilishi kerak.


UPDATE ma’lumotlarni yangilash operatori


O’zgarish yuz berganda va mos xolda bu o‘zgarishni ma’lumotlar bazasida akslantirish uchun ishlatiladi.
UPDATE table_name
SET column1=value1, column2=value2,...
[WHERE condition]
Misol:
UPDATE cars
SET color = 'red'
WHERE brand = 'Volvo';
Ko’p atribut bo’yicha o’zgartirish
UPDATE cars
SET color = 'white', year = 1970
WHERE brand = 'Toyota';
Agar tanlash sharti (WHERE qismi) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u xolda o‘zgartirish amali jadvalning barcha satrlari uchun bajariladi.
UPDATE cars
SET color = 'red';

DELETE o‘chirish operatori


Ma’lumotlarni o‘chirish operatori jadvaldan shartni qanoatlantiruvchi bir yoki bir neta satrlarni o‘chirishi mumkin.
DELETE FROM jadval _nomi [WHERE tanlash_sharti]
Misol:
DELETE FROM cars
WHERE brand = 'Volvo';

Agar satrlarni tanlash sharti ko‘rsatilmasa, u xolda jadvaldagi barcha satrlar o‘chiriladi. Natijada ma’lumotlarga ega bo‘lmagan bo‘sh bo‘lgan jadval xosil bo‘ladi


DELETE FROM cars;
Yüklə 16,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin