Xususiy dinamik xususiyat – bunga o’lchash vositasining ta’sirlanish vaqti (asbob ko’rsatishining to’xtash vaqti), dempfirlash koeffitsienti, xususiy rezonans chastotasining qiymati kabilar kiradi.
O’lchash vositalarining yana muhim xususiyatlaridan biri – ishonchliligi (chidamliligi) bo’lib, u o’lchash vositasining ma’lum o’lchash sharoitida,
belgilangan vaqt mobaynida o’z metrologik xususiyatlarini (ko’rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko’rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi abobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O’lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi.
O’lchash xatoligi va uni keltirib chiqaruvchi sabalari
O’lchashxatoligi deb, o’lchash natijasini o’lchanadigan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatidan chetlashuviga (og’ishuviga) aytiladi.
O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;
o’lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
x.k) dan kelib chiquvchi sabablar;
- o’lchash o’byektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; operatorning malakasi va shu kabilar.
O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarni aniqlash lozim bo’ladi.