Sig’im o’lchovlari. Sig’imning namunaviy va ishchi o’lchovlari sifatida o’zgarmas va o’zgaruvchan sig’imli havo va boshqa turdagi dielektrikli (slyudali) kondensatorlari hizmat qiladi. Sig’im o’lchovlariga quyidagi talablar qo’yiladi: chastota va haroratning o’zgarishi hamda vaqt o’tishi bilan sig’imning kam o’zgarishi; dielektrik isrofning harakterlovchi isrof burchagi tangensining kichik bo’lishi; izolyatsiya qarshiligining kattaligi va boshqalar. Havo dielektrikli kondensatorlar yuqoridagi talablarga javob bersada, sig’im qiymatining kichikligi tufayli geometrik o’lchamlari nisbatan katta bo’ladi. Slyuda dielektrikli kondensatorlarda sig’im qiymati nisbatan katta (1?F) bo’lsada, isrof burchagining tangensi katta bo’ladi. Alohida sig’im o’lchovlari bilan bir qatorda sig’im magazinlari ham ishlatiladi. Bu sig’im magazinlari bilan 0.0001 … 1000 ?F oralig’idagi sig’imlarni olish mumkin.
Nazorat sinov savollari
O‘lchоv dеb qаndаy vоsitаgа аytilаdi?
Stаndаrt nаmunа, nаmunаviy mоddа dеb nimаgа аytilаdi?
O‘lchоvning qаndаy turlаri mаvjud?
Etаlоn dеb qаndаy vоsitаgа аytilаdi?
Qаrshilik, induktivlik o‘lchоvlаri to‘g‘risidа tushuntiring?
– mа’ruzа: O‘lchаsh o‘zgаrtkichlаri
Rеjа: 1. Shunt vа qo‘shimchа qаrshiliklаr.
Kuchlаnish bo‘lgichlаri
O‘lchаsh trаnsfоrmаtоrlаri.
Tаyanch so‘zlаr: shuntlаsh kоeffitsiеnti, bo‘lish kоeffitsiеnti, nоminаl trаnsfоrmаtsiyalаsh kоeffitsiеnti, nоminаl yuklаmа, trаnsfоrmаtsiya kоeffitsiеnti xаtоligi, burchаk xаtоligi.
O’lchash o’zgartkichlari, umumiy, o’lchanadigan kattalikni keyingi o’zgartish, o’lchash uchun qulay bo’lgan formadagi kattalikka o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Elektr kattaliklarni o’lchashda shunt va qoshimcha rezistrlar, kuchlanish bo’lgichlari, o’lchash taransformatrlari, to’g’rilagichli o’zgartkichlar va
x.k. ishlatiladi.
Shunt (inglizcha shunt – tarmoq demakdir) nisbatan kichik, lekin o’zgarmas qarshilikli rezistrdir. U o’lchash asboblarining tok o’lchash chegaralarini kengaytirish uchun xizmat qiladi va o’lchash mexanizmi (O’M) ga parallel ulanadi. (9.1 – rasm).
Dostları ilə paylaş: |