Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə26/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#124225
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umum (1)

Namunaviy o’lchovlar ishchi o’lchovlarni va o’lchash asboblarini qiyoslash uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o’lchashlarda esa namunaviy o’lchovlar bevosita qo’llaniladi.
Ishchi o’lchovlar bir xil kattaliklardagi qator o’lchashlarni takror ko’rsatish uchun ko’p hollarda ko’p qiymatli qilib yasaladi.


      1. Elektr yurituvchi kuchi (EYK) o’lchovi.


EYKning namunaviy va ishchi o’lchovi sifatida normal element xizmat qiladi. Normal element barqaror qiymatli EYK hosil qiluvchi galvanik elementdan iborat. Normal elementlar to’yingan va to’yinmagan holda yasaladi, ular bir – biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi EYKning barqarorligi darajasi bilan farq qiladi. To’yingan normal element (8.1 – rasm) H – simon idishning bitta shisha trubkasiga musbat elektrod vazifasini o’tovchi simob (2) quyilgan. Ikkinchi trubkaning tagida manfiy elektrod (3) vazifasini o’tovchi kadmiyning simobdagi eritmasi bor. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat
aralashmas8id.1a.nraibsomrat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2) sulfat oksidi
depolyazator, ya’ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o’taydi. Idishning yuqori qismiga kadmiy (8.1 – rasm) sulfatning to’yingan eritmasi (5) quyiladi. Eritmaning to’yinishini ta’minlash uchun elektrodlar ustidan kadmiy sulfatning kristallari (4) joylashtirilgan. Bu tirsaklarning pastki qismiga normal elementni o’lchash zanjiriga ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlangan. Shisha idish yaxshi izolyatsiyalangan quti ichiga joylashtiriladi.
To’yingan normal elementlar 0.0005; 0.001; 0.002 va 0.005 aniqlik klasslari bo’yicha ishlab chiqariladi. Ularning ichki qarshiligi 500?1000 Ω ni tashkil etadi. Aniqligi 0.005 bo’lgan to’yingan normal elementning harorati 200 C bo’lganda EYK ni 1.0185 – 0.0187 V oralig’ida bo’lib, uning bir yil ichida o’zgarishi 50 ?V dan oshmasligi lozim.
To’yinmagan normal elementlarning aniqlik klassi 0.002 dan oshmaydi 200 C haroratdagi EYK i 1.0186 – 0.0194 V oralg’ida, ichki qarshiligi 600 Ω gacha bo’ladi va bir yil mobaynida uning EYK i 20 ?V gacha o’zgarishi mumkin.
Normal elementlarni silkinish, to’ntarilishi, quyosh nuri, isituvchi va boshqa qurilmalar ta’siridan saqlash lozim. Ulardan o’tadigan ichki tok miqdori 1 ?A dan ortmasligi kerak. Aks holda elementning EYK i haroratga bog’liq bo’lib, u bog’liqlik quyidagi formula bo’yicha ifodalanadi.
Et= E20 0.00004 (t - 20) 0.000001 (t 20)2,
bu yerda Et va E20 lar t va 200 C haroratdagi EYK lar.

      1. Yüklə 385,8 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin