α
bu yerda SI – asbobning sezgirligi.
SI I ,
To’g’rilagichli magnitoelektrik asboblar kichik ya’ni millivoltlardagi va yuqori kuchlanishlarni hamda kichik va yuqori toklarni o’lchashda qo’llaniladi.
To’g’rilagichli magnitoelektrik asboblarda ishlatiladigan diodlarning to’g’rilash koeffitsienti [Kt = f (t○, U, f)] temperaturaga, qo’yilgan kuchlanishga va chastota o’zgarishidan hosil bo’ladigan xatoliklar shunt qarshiligi, kondensator C, induktivlik g’altagini ulash bilan kompensatsiyalanadi.
To’g’rilagichli asboblarning afzalligi:
sezgirligi yuqori;
iste’mol quvvati kam. Ularning kamchiligi:
aniqligi aytarlik yuqori emas;
ko’rsatkishi o’lchanadigan kattalikning egri chizig’i shakliga bog’liq.
Termoelektrik o’zgartkichlar.
Termoelektrik o’zgartkichlar termopara (termojuftlik) va qizdirgichdan iborat bo’lib, magnitoelektrik o’lchash mexanizmi bilan birgalikda termoelektrik asbobni tashkil etadi. Termoelektrik asboblar ikki xil metalldan tayyorlangan (simlardan) termopara va elektr o’lchash mexanizmidan iborat bo’ladi. Simlarning bir uchi bir – biriga kavsharlanadi, ya’ni o’lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi 1 (issiq ulanma), 2.3 uchlari esa (sovuq ulanma) elektr o’lchash asbobga ulanadi (10.3 a - rasm). Simlarning kavsharlangan va asbobga ulanadigan uchlari temperaturasi har xil bo’lsa, termopara bilan o’lchash asbobidan iborat zanjirda elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi.
Termoparani, termoelektr yurituvchi kuchni o’lchashda termoelektrik o’zgartkich va uni o’lchash asbobi bilan ulanishining turli usullari qo’llaniladi. (10.3 a,b,v – rasm).
Dostları ilə paylaş: |