Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish-chikarishni tashkil kilish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#126258
  1   2
8-MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI TASHKIL KILISH

    1. MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI TASHKIL KILISH


Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar). Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda – ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKCHQ), kompyuterning boshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qanday ma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida – materinskaya plata) – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (rus tilida – raz’yomы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga – shinalar ham joylashgan bo‘ladi (5.1-rasm).
Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 5.2-rasmda shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan.
Har bir ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKCHQning o‘zi. Har bir kontroller o‘ziga tegishli bo‘lgan MKCHQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) ma’lumotlarni o‘qib olishi kerak bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli ma’lumotni qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning ma’lumotlar yozilgan yo‘lkasi va sektori topilgandan so‘ng, disk kontrollerga ma’lumotlarni bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning vazifasi -
kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 bitli) so‘zlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2].

5.1-rasm.Shaxsiy kompyuterning asosiy platasi.

5.2-rasm. Shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi.


Shinalar, na faqat MKCHQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Kompyuter shinasi orqali – ma’lumotlar, adreslar va boshqarish signallari uzatiladi, ya’ni shina uch qismdan iborat bo‘ladi:

      1. Ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va 128 bitli). 2.Asosiy xotira adresini uzatish uchun mo‘ljallangan qismi, 16 razryadli – 64

Kbayt, 20 razryadli – 1 Mbayt va 32 razryadli – 4 Gbayt hajmga ega xotirani adreslash uchun.
3.Ma’lumot almashinish jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallar to‘plami qismi.
Shinalarning yuqorida sanab o‘tilgan qismlarini 5.3-rasmda keltirilgan chizmada ham ko‘rishimiz mumkin.

5.3-rasm. 8051 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi (ulanish nuqtalarining soni 40-ta).
Uchinchi bobdagi 3.16-rasmda keltirilgan, Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi chizmasida ham shinalarni ko‘rsatib utish mumkin.
Hozirgacha shinalarning quyidagi xillari ishlab chiqarilgan:
ISA (Industry Standard Architecture, rus tilida - standartnaya promыshlennaya arxitekarxitektura) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan standart arxit
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin