Saralashning qat’iy usullari va ularning samaradorligi.
1. Saralash tushunchasi va uning vazifasi.
Saralash – bu berilgan to‘plam elementlarini biror bir tartibda (o‘sish yoki kamayish) joylashtirish jarayonidir.
Saralash (inglizcha sorting - tasniflash, tartiblash) - tanlangan mezonga qarab biror narsani ketma-ket joylashtirish yoki guruhlarga bo'lish.
Saralash– bu massiv elementlarini tartiblash (o’sish, kamayish, oxirgi raqami, bo’luvchilari bo’yicha, …)
Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin.
Ma'lumotlarni saralash - uni qandaydir atributga ko'ra tartibga solishdir. Saralashdagi qiyinchiliklar quyidagi hollarda mavjud bo’ladi:
❌ ma'lumotlar massivlari katta bo’lganda - minglab, o'nlab va yuz minglab elementlar;
❌ ma'lumotlarga murojaat qilish qiyin bo'lishi mumkin (masalan, ular ma’lumotlar oqimi bo’lganda);
❌ kompyuterning imkoniyatlari yetarli emas va dasturlash tiliga kiritilganidan ko'ra tejamkorroq algoritmlar kerak.
Bunday hollarda saralashning ixtisoslashtirilgan algoritmlarini tanlash kerak, zarurat bo’lsa ularni masalaga qarab optimallashtirish mumkin.
Saralashdan maqsad - tartiblangan to‘plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat.