Mamajonov muxriddinning



Yüklə 186,59 Kb.
səhifə3/7
tarix11.02.2023
ölçüsü186,59 Kb.
#123293
1   2   3   4   5   6   7
Mamajonov Muxriddin gurux

2Ar (H ) = 2 • 1,00797 = 2,01594
Ar(O) = 1 • 15,9994 = 15,9994
Mr(H2O) = 2,01594 + 15,9994 = 18,01534
Demak, suvning molekular massasi 18,01534 ga yoki yaxlitlaganda 18 ga teng. Nisbiy molekular massa berilgan modda molekulasining mas­sasi 12C atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, suvning molekular massasi 18 ga teng. Bu degan so‘z, suv molekulasining massasi 12C atom massasi­ning 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekular massa — moddalaming asosiy xarakteristikalaridan biridir.
Atom massasi (nisbiy atom massasi) – atom massasining atom massa birligida ifodalangan qiymati.
Atom massasi, atom ogʻirligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961-yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi 12S massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qoʻllaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim koʻrsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining oʻzgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan oʻzaro bogʻliq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha boʻladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining oʻrtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrogʻi – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida toʻgʻri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda boʻladigan oʻzgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga koʻra, element Atom massasining oʻsha elementning solishtirma issiqlik sigʻimi (S)ga koʻpaytmasi oʻzgarmas miqdor boʻlib, u taxminan 6,3 ga teng: AS~6,3.[1]

Yüklə 186,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin