Mamatova fazilat ixtiyorovna


II BOB TEXNOLOGIYA FАNINI OʼQITISHDА OʼQUVCHILАRNI INNOVАTSION JАRАYONLАR BILАN TАNISHTIRISHNING METODIK АSOSLАRI



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə16/29
tarix19.09.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#129110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Mamatova Fazilat Dissertatsiya

II BOB TEXNOLOGIYA FАNINI OʼQITISHDА OʼQUVCHILАRNI INNOVАTSION JАRАYONLАR BILАN TАNISHTIRISHNING METODIK АSOSLАRI
2.1 Maktab oʼquvchilariga kreativ yondashuvli innovatsion gʼoyalarni tanishtirish asosida dars tashkil etish.


Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida innovatsion xarakterga ega metodlar ham qo‘llanilmoqda. Ular orasida eng keng ommalashgan metodlar yagona nom bilan nomlanuvchi interfaol metodlar sanaladi.

Bu turdagi metodlar interfaol ta’limning muhim tarkibiy elementi hisoblanadi. Hozirgi kunda interfaol metodlarning 100 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, o‘quv materialining xarakteri, talabalarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonida ularning har biridan samarali foydalanish mumkin. OTM pedagoglarining malakasini oshirish kursida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” moduli doirasida interfaol metodlardan o‘rinli, samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu O‘MMning 2-qismida bevosita modulni o‘qitish jarayonida samarali qo‘llash imkoniyati bo‘lgan interfaol metodlar to‘o‘risida so‘z yuritilishi sababli ayni o‘rinda ularning mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tilmadi.
So‘nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. SHu sababli ayni o‘rinda ushbu metod (texnologiya)15 mohiyati haqida so‘z yuritiladi
Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit ob’ektning ichki va tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin. Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy birbirini taqozo etuvchi va birbiriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Agar XIX – XX asrlar oralio‘ida jahon pedagogikasida A.Gerd, D.Kaygarodov, A.Pavlov singari olimlar boshlang‘ich maktabni tashkil qilish, unda olamni anglash jonli va jonsiz predmetlar haqida yaxlit tushunchalarni shakllantirish orqali amalga oshirilsa, o‘quvchining biluv faoliyati samarali kechishi haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilgan bo‘lsalar, YAn Komenskiy, D.Lokk, M.Pestalotsi, K.Ushinskiy qarashlarida ayni ta’lim samaradorligiga fanlararo aloqa vositasida erishish mumkinligi asoslandi. Ushbu qarash XX asrning oxirgi o‘n yilliklariga qadar S.Baranova, N.Talizina, M.Lvov, N.Svetlovskaya, E.Koladin kabilar ishlarida ancha takomillashtirildi.
Boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanga oid tushunchalar aloqadorligiga tayanib ta’lim samaradorligiga erishish yo‘llari, usul va vositalar XX asr oxiriga qadar Rossiyalik olimlar N.Drujinina, T.Nazarova, I.Blinova, R.Matyushova tomonidan keng ko‘lamda tadqiq qilindi. XXI asrga kelib, fanlararo aloqa o‘zaro yaqin tushunchalarga asoslanib, yoki aloqador mavzular doirasida ularning mohiyatini o‘quvchiga tushuntirishda ta’limni tizimli yaxlitlashtirish, uzviylashtirish o‘zaro mujassamlash asosida bilim berish – ta’lim mazmunini integratsiyalash muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda integratsiyalashgan ta’lim muammosiga boshlano‘ich ta’limda ham jiddiy diqqat qaratilayotganligining sababini professorlar R.Mavlonova va N.Rahmonqulova “Boshlano‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi”(2009), “Boshlano‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (2013) nomli o‘quv Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 88 w July 2021 www.oriens.uz qo‘llanmalarida quyidagicha izohlaydilar: “O‘quv predmetlari orasidagi integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi, balki predmetlar orasidagi aloqalar va boo‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan yondashuv – differensiya va integratsiya orasidagi munosabatni tushunishga tayanadi... turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish yoki faoliyatning almashinishi emas, balki fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir [1].
Chet el ta’limi tajribasi shuni ko‘rsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalashgan fanlar ko‘pgina mamlakatlar o‘quv dasturlaridan allaqachon joy olgan. Ularda asosiy e’tibor o‘quvchilarga boshlano‘ich ta’lim orqali faqat o‘quv predmetlari asosida bilim berishni emas, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina xorijiy mamlakatlar boshlano‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson, tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbatlashadigan; faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir... Olamning umumiy ko‘rinishini tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishdir; bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yiladi”.
Olimlar qarashlari shuni anglatadiki, ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlano‘ich sinflardanoq o‘quvchilarda tabiat va jamiyat haqida yaxlit tasavvur uyo‘otish va ularning rivojlanish qonuniyatlariga o‘quvchi munosabatini tarkib toptirishdan iborat. Holbuki, bugungi kunda DTS bilan o‘quv dasturlari o‘rtasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim DTS da “Ona tili”, “Matematika”, “Tabiat” ta’lim sohalari ko‘rsatilgan holda amaldagi o‘quv rejasidan 10 ta predmet joy olgan. Bu holat o‘quvchiga taqdim etilayotgan bilimlarda maydalashish va mavzular takrorini keltirib chiqarmoqda. Qaytarish va takrorlar esa o‘quvchini zeriktiradi, vaqtdan unumli foydalanishga monelik qiladi. Misol tariqasida 1-4 sinflarning yillik taqvimiy ish rejasini oladigan bo‘lsak, bir qator mavzular qaytarilayotganini, takrorlanayotganining guvoxi bo‘lamiz .
Bu takroriylik asosan bir paytga (xafta ichida, bir kunda) to‘o‘ri keladi. Demak, ularni o‘zaro boo‘lab, bitta kompleks dars ishlanma yaratish natijasida integatsiyalashgan dars tashkil qilamiz.
Natijada, o‘quvchilar mujassam bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “O‘qish” darsidan “Vatan”, “Odobnoma”dan “Bobolardan meros yurt”, “Musiqa”dan “Qo‘shiq aytish qoidalari”, “Tasviriy san’at” dan “Vatanjonim-vatanim” mavzulari ayni bir Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 89 w July 2021 www.oriens.uz paytda o‘rganiladi. Shuning uchun bu mavzularni predmetlararo integratsiyadan foydalanib uzviylashtirilsa, bitta dars vaqti, imkoniyatlari tejaladi.
Darhaqiqat, integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish natijasida pedagogik, psixologik jihatdan ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shartsharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; o‘quvchining vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarning oldi olinadi, ta’lim samaradorligi oshadi. O‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni o‘quv predmetlari mazmunini uyo‘unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Texnologiya fani (servis) ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan mutaxassislik fanlarida talabalarda loyihalash kompetentliklarigina shakllantirilmaydi, balki ularda texnologik va kreativ kompetentliklarini ham shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Talabalarning texnologik kompetentliklarini shakllanishi «Tikuv buyumlarini buyurtma asosida tayyorlash va ta’mirlash texnologiyasi» ixtisoslik fanida seziladi, ya’ni talaba o’quv dasturida belgilangan tikuv buyumlarini mustaqil, sifatli tika oladi, bu jarayonda tikishning eng samarali, zamonaviy usullarini qo’llay oladi, shuningdek, tikish uchun eng samarador jihozlarini tikiladigan uzellariga va operatsiyani bajarilishiga qarab tanlay oladi, buyumni tikish jarayonida va o’quv ustaxonasida mashg’ulotlar jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, buyumni tikishda har bir operatsiyaga ketadigan vaqt me’yorlarini to’g’ri taqsimlay oladi hamda har qanday tikuvchilik buyumini tikishning texnologik xaritasini tuza oladi.
Talabalarning kreativ kompetentliklarini shakllanishi esa «Tikuv buyumlarini buyurtma asosida konstruktsiyalash», «Kostyum tarixi va kompozitsiyasi» kabi kompetentlik ixtisoslik fanlarida seziladi, ya’ni talaba o’quv dasturida ko’rsatilgan turli assortimentdagi tikuv buyumlarining yangi modellarni yarata oladi.
Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasini o’ziga xosligini rivojlantirishda kognetiv faoliyat texnologiyasiga ko’ra, firma uslubini yaratish mahoratini ham kreativ texnologiya qatoriga kiritish mumkin. Bu yerda talabalar vizual emas, balki tasodifiy loyihalash materiali bilan ish yuritadilar.
Ijod qilishga intilish L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra, ijodiy faoliyatni tasavvur qilish to’gridan-to’g’ri insonning mavjud tajribalarining boyligi va serqirraligiga bog’liqdir. Bu tajriba shunday materialki, ulardan fantaziya vujudga keladi.
Demak, yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, mashg’ulotlar jarayonida o’qituvchining vazifasi talabalar faoliyatini shunday tashkil qilishdan iboratki, ular imkon boricha o’zlarining umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari, talabalarda berilgan vazifalarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirishga safarbar etishidir. Ushbu bosqichda tushuntirish yozuvlari, ishchi material qoralamalaridan tortib yakunigacha bo’lgan jarayon talabalar kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas, aksincha “rejissyor” bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning ‘Biz o‘g‘ilqizlarimizni o‘zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo‘shliq vujudga kelishigi yo‘l qo‘ymasligimiz lozim’ degan so‘zlarini misol qilib keltirgan holda maktab o‘quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo‘ladi.
Pedagogika – bu lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “payne” bola, “agogeyn” – yetaklamoq degan ma’noni bildiradi. topgan. Ped texnologiya bu Oldindan loyhalangan ma’lum bir pedagogik tizimni amliyotga joriy kilish. -Pedagogik tizim bu shaxsga maqsadli pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan metodlar, vositalar va jarayonlar yio‘indisi.
Maqsadimiz o‘quvchilarni oldindan bilimini mukammalashtirib uni samarali va sifatli bilimga ega bo‘lishga ta’sir berish. Bolalarimiz faqat soo‘lom bo‘lsa, baxtli bo‘lmasligi mumkin. Baxtli bo‘lishi uchun birinchi prezidentimiz aytganlaridek yangicha o‘ylaydigan, yangicha fikirlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega, raqobatbardosh, dono, aqilli, keynchalik donishmandlik darajasida bo‘lishi zarur deb takidlaganlar.
Darhaqiqat dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim 33 faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda tinglovchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi tinglovchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u tinglovchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichmabosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi .
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan xamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin. O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham boo‘liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin.
• ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va boshqalarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YuNESKO) Pedagogik texnologiya Ular quyidagilardir:
• ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o‘zida yaxlit as ettira olishi;
• o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;
• o‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;
• o‘quv materialining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;
• o‘qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo‘llash imkoniyatini ta’minlaganligi;
• ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash tamoyiliga egaligi;
• ko‘p funktsiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi;
• pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko‘malashish darajasi.
Mahorat-shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – san’at, Mahorat izlanish, Mahorat – pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va o‘z-o‘zini tarbiyalashdir. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori,biri o‘rta quyi darajadan ibortdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogik mahorat egasi o‘z mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ibn Sino ta’lim jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim deb hisoblaydi: o‘qitishda oddiydan murakkabga qarab borish; bolaning qobiliyat va mayllarini e’tiborga olish; bolaga kuchi yetadigan mashqlarni bajartirish; ta’limni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilishi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, donno, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyachini tanlash zarur.
Muallim sog‘lom, pok, halol, xushmuomala kishi bo‘lmog‘i lozim. ‘Boshlano‘ich ta’lim kontseptsiyasi’da boshlano‘ich sinf o‘qituvchisi qiyofasi ta’riflanadi: ‘...eng muhimi bolalarda o‘qish, o‘rganishga chinakam xavas, ishtiyoq uyo‘otuvchi, e’tiqod xosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o‘rin tutadi va yana shu kontseptsiyadan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi fazilatlariga qo‘shimcha keltiriladi. O‘qituvchi: ‘...O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixorli bo‘lishi; – bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalay olishi; – nutqiy ravon, xalq tili boyligi ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me’yorini to‘la egallagan bo‘lishi’ zarur.
• pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;
• pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga egaligi;
• pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijodiy” o‘zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi;
• pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda o‘qitiuvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;
• pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik;
• peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashdagi imkoniyatlarga egaligi;
• talabalar o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi.
Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega: Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan.



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin