Mamatova fazilat ixtiyorovna



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə27/29
tarix19.09.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#129110
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Mamatova Fazilat Dissertatsiya

Ilmiy rahbar:
Termiz davlat Pedagogika
Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti
Texnologik ta’lim fafedrasi mudiri
pedagogika fanlari doktori,dots M.X.Shomirzayev

Termiz davlat universiteti Magistratura bo’limi 5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologok ta’lim) bitiruvchisi Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi dissertatsiya ishiga




T A Q R I Z

Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash uning mazmuni bilan bevosita bog’liq. Texnologiya fani o’qituvchilarining tayyorgarligi sifatini sezilarli oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini ta’minlash, fan, ta’lim, texnik, texnologiya va ishlab chiqarish amaliyoti sohalaridagi o’zgarishlarga asoslangan entegratsiyasini ta’minlash zarur.


Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan va bajarilishi lozim bo’lgan tadqiqot vazifalari belgilab olingan.
Ishning birinchi bobi adabiyotlar tahliliga bag’ishlangan bo’lib, bu bobda texnologiya fani o’qituvchisini kasbiy shakllantirish pedagogik va texnik bilimlarni fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi o’zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishga doir ilmiy ishlar atroflicha tahlil qilingan.
Ikkinchi bob nazariy qismi bo’lib, bu bobda talabalarga bilim berish, ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi asosida didaktik jarayonni bir butun holda loyihalash yotadi. Ta’lim sohasiga «loyihalash» tushunchasining kiritilishi bir qator metodologik muammolarni hal qilish bilan bog’liq, jumladan, fan atamalarining kengayishiga bo’lgan zarurat, ayrim an’anaviy kategoriyalar haqidagi tasavvurlarning qayta qurilishi, ularning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarining zarurligi va h.k bayon etilgan.
Uchinchi bobda tajriba-sinov va ularning tahlili keltirilgan bo’lib, olingan tadqiqot davomida asosiy e’tibor texnologiya fani o‘qituvchisining ilmiy metodik tayyorgarligi darajasini orttirish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga qaratildi.
Tajriba-sinov davomida belgilangan maqsadlarning aniq, natijalarga ega bo‘lishi, olg‘a surilgan ilmiy farazning amaliyotda o‘z isbotini topishi, texnologiya fani o‘qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish yuzasidan ishlab chiqilganv metodik tizimning tarkibiy qismlari to‘g‘ri tanlanganligi, vazifalarning aniqligi, talabalar va tinglovchilarining o‘quv-bilish faoliyati pedagogik texnologiyalar talablari asosida puxta rejalashtirilganligi, shuningdek, tajriba-sinov ishlarining uzluksiz, izchil va tizimli tashkil etilganligi hamda bosqichlar o‘rtasida muayyan izchillikning qaror topganligi kabi holatlar bilan tahlil qilingan.
Ish yakunida olingan natijalar asosidagi ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar keltirilgan. Shuningdek, ishni bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Magistrant tomonidan dissertatsiyani bajarishda quyidagilar e’tiborga olinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi:

  1. Adabiyotlar tahlilida texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishni o’rganish ish mazmunini yanada boyitadi.

  2. Tajriba qismida keltirilgan ishlar yuzasidan natijalar bayon qilinadi.

5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologok ta’lim) Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining amaldagi nizom talablariga mos kelishini inobatga olib himoyaga tavsiya etaman.



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin