Takrizchi: dots.B.B.Imanov
Termiz davlat universiteti Magistratura bo’limi 5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologok ta’lim) bitiruvchisi Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
T A Q R I Z
Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida inovatsion texnologiyalar asosida,ularning ko’nikmalarini shakllantirish mazmunini va metodikasini amaliyotga joriy etishni asoslash. Texnologiya fani o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish tizimini ishlab chiqish. Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini yanada rivojlantish.Rivojlantirishda qo’llanilgan shakl,metod va vositalarni, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo’nalishlarida qo’llab ko’rish kerak bo’ladi.Bu orqali texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini yaqqol namoyon etgan.
Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi kirish, adabiyotlar tahlili, tajribaviy qism, kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan metodlar natijalari, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan va bajarilishi lozim bo’lgan tadqiqot vazifalari belgilab olingan.
Ishning birinchi bobi adabiyotlar tahliliga bag’ishlangan bo’lib, bu bobda hozirgi kunda pedagogik adabiyotlarda, «kompetensiya» va «kompetentlik» atamalari keng qo’llanilmoqda va barqarorlashmoqda. Ammo, hozirga qadar ta’limning u yoki bu bosqichi bitiruvchilarining optimal obraziga qo’llash mumkin bo’lgan «kompetentlik» tushunchasining yakka va to’g’ri fikr yo’qligi,ko’pgina manbalarda shaxsning bilimi, ko’nikmasi, malakasi, qobiliyati, mehnatsevarligi, kasbiy mahorati kabi sifatlarini ifodalash uchun «kompetentlik» va «kompetentlilik» atamalaridan foydalanilgan
Ikkinchi bob nazariy qismi bo’lib, bu bobda insondagi ijodiy qobiliyatni tarbiyalash mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, xalqimiz kelajagini belgilab beruvchi masalalar qatorida o‘quvchi yoshlarga ta’lim berish va har tomonlama mukammal inson sifatida tarbiyalash davlat ijtimoiy hayotining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqdaligi inobatga olingan.
Uchinchi bobda tajriba-sinov va ularning natijalari tahlili keltirilgan bo’lib, tajriba-sinov ishining maqsadi: yaratilgan amaliy faoliyat nuqtai nazaridan o‘qitish usuli natijalarini tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar natijalari ko‘rsatkichlarini baholash va ulardan amaliyotga joriy etishga, qulay holga keltirish, yaratilgan ta’lim metodi bilan ta’lim oluvchilarni qurollantirish, ta’lim oluvchilarda o‘rganilayotgan mavzuni yaratilishi va uni o‘rganish bosqichlari hamda rivojlanish darajalarida haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirish hamda ular shaxsining ma’naviy-axloqiy tamoyillari to‘g‘risida, ularning texnologiya fani mutaxassislarini tayyorlashdagi ahamiyati to‘g‘risida bilim, ko‘nikma, malaka va tasavvurlarni hosil qilishdan iborat ekanligi tahlil qilingan.
Ish yakunida olingan natijalar asosidagi ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar keltirilgan. Shuningdek, ishni bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Magistrant tomonidan dissertatsiyani bajarishla quyidagilarni e’tiborga olinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi:
Adabiyotlar tahlilida kompetentlik tushunchasini yanada chuqurroq yoritib berish maqsadga muvofiq bo’lardi.
Ishlatilgan metod va usullarni yanada qiziqarli qilish maqsadga muvofiq.
5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologok ta’lim) Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’lining “,,Texnologiya” fani o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining amaldagi nizom talablariga mos kelishini inobatga olib himoyaga tavsiya etaman.
Dostları ilə paylaş: |